Oʻzbekistonning uyushgan jinoyatchilik darajasi reytingidagi oʻrni maʻlum boʻldi
Oʻzbekiston uyushgan jinoyatchilik darajasi boʻyicha 4,97 ball toʻplab, reytingda 90-oʻrinni egalladi. Bu haqda The Global Organized Crime Index xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, Markaziy Osiyo davlatlari orasida Tojikiston 5,62 ball bilan 62-oʻrinni, Qirgʻiziston 5,33 ball bilan 72-oʻrinni, Turkmaniston 4,62 ball bilan 113-oʻrinni, Qozogʻiston 4,27 ball bilan 133-oʻrinni egalladi.
Shunday qilib, Kongo Demokratik Respublikasi 7,75 ball bilan reytingda birinchi oʻrinni egalladi, 1,54 ball bilan oxirgi qatorni egallagan davlat Tuvalu boʻldi.
Taʼkidlanishicha, reyting uchta mezon boʻyicha tuzilgan:
- jinoiy bozorlarning koʻlami va taʼsiri;
- toʻrt turdagi jinoyatlarning tuzilishi va taʼsiri (mafiya, jinoiy tarmoqlar, davlat idoralariga oʻrnatilgan jinoiy tuzilmalar va xorijiy jinoiy tuzilmalar);
- mamlakatlarning uyushgan jinoyatchilikka qarshiligi.
Har bir mezon uchun mamlakat 1dan 10gacha boʻlgan balni olishi mumkin edi, bu yerda 1 – eng yaxshi variant.
Qayd etilishicha, reytingda dunyoning 193 mamlakati qatnashgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring