Oʻzbekistonning tashqi qarzi 37 milliard dollardan oshdi
Oʻzbekistonning tashqi qarzi 37,6 milliard dollarni tashkil etib, 11 foizga oʻsdi, deya xabar berdi Markaziy bank oʻz hisobotida.
Maʼlumotlarga koʻra, 2021-yil boshiga nisbatan davlat tashqi qarzi 7 foizga oshgan va 22,9 milliard dollarni tashkil qilgan. Nodavlat tashqi qarzi 18 foizga oshib, 14,7 milliard dollarga yetdi.
Shu bilan birga, hisobot davri yakuniga koʻra, Oʻzbekistonning xorijiy valyutadagi aktivlari 68,3 milliard dollarni, tashqi majburiyatlar hajmi esa 51,4 milliard dollarni tashkil qildi. Oʻzbekistonning sof investitsion pozitsiyasi yil boshidan buyon 17 foizga qisqardi va 2021-yil 1-oktyabr holatiga koʻra 16,9 milliard dollarni tashkil qildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring