Oʻzbekistonliklar bayramni qor bilan kutib oladimi?
Foto: Sirojiddin Vohidov / “Xalq so‘zi”
“Oʻzgidromet” 27-30-dekabr kunlari kuzatiladigan ob-havo maʼlumotlarini eʼlon qildi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo oʻzgaruvchan boʻladi, 27-dekabrda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin. 28 va 30-dekabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. 29-dekabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. Tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 27-dekabrda kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq boʻladi, 28-30-dekabrda kechasi 2 daraja sovuq — 3 daraja iliqqacha, kunduzi 5-10 daraja iliqqacha koʻtariladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, 27-dekabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. 28-30-dekabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. Tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29-dekabrda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 27-dekabrda kechasi 2 daraja sovuq — 3 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq boʻladi, 28-30-dekabrda kechasi 4-9 daraja iliqqacha, kunduzi 12-17 daraja iliqqacha koʻtariladi.
Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, 27 va 29-dekabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. 28 va 30-dekabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. Tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29-dekabrda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 27-dekabrda kechasi 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq boʻladi, 28-30-dekabrda kechasi 3-8 daraja iliqqacha, kunduzi 10-15 daraja iliqqacha koʻtariladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, 27-29-dekabrda yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Qashqadaryo viloyatida 28-dekabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. 30-dekabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. 29-dekabrda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 27-dekabrda 0-5 daraja iliq boʻladi, 28-30-dekabrda 5-10 daraja iliqqacha koʻtariladi, kunduzi 27-28-dekabrda 10-15 daraja iliq, 29-30-dekabrda 13-18 daraja iliq boʻladi.
Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 27-28-dekabrda 2 daraja sovuq — 3 daraja iliq, 29-30-dekabrda 1-6 daraja iliq, kunduzi 27-dekabrda 3-8 daraja iliq boʻladi, 28-30-dekabrda 7-12 daraja iliqqacha koʻtariladi.
Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, baʼzi joylarda qor yogʻadi. Tuman tushishi mumkin. 27-dekabrda yoʻllarda baʼzi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 27-dekabrda 5-10 daraja sovuq boʻladi, 28-30-dekabrda 0-5 daraja sovuqqacha koʻtariladi, kunduzi 2-7 daraja iliqdan 0-5 daraja sovuqqacha oʻzgarib turadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida “Yaldo kechasi” romanining taqdimoti oʻtkazildi
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring