Oʻzbekistonliklar 9 oyda kompyuter va maishiy tovarlarni taʼmirlash uchun 10,5 trillion soʻm sarflagan

08:56 06 Noyabr 2025 Iqtisodiyot
266 0

2025-yil yanvar–sentyabr oylarida kompyuterlar va maishiy tovarlarni taʼmirlash boʻyicha xizmatlar hajmi 10,5 trillion soʻmni tashkil etdi, deb xabar bermoqda Milliy statistika qoʻmitasi.

Hududlar kesimida kompyuterlar va maishiy tovarlarni taʼmirlash boʻyicha xizmatlar hajmi quyidagi taqsimlangan:

  • Toshkent shahri – 1,2 trillion soʻm;
  • Samarqand viloyati – 1,3 trillion soʻm;
  • Fargʻona viloyati – 1,1 trillion soʻm;
  • Toshkent viloyati – 1,1 trillion soʻm;
  • Qashqadaryo viloyati – 977,6 milliard soʻm;
  • Namangan viloyati – 846,9 milliard soʻm;
  • Andijon viloyati – 731,9 milliard soʻm;
  • Xorazm viloyati – 726,9 milliard soʻm;
  • Qoraqalpogʻiston Resp – 609,9 milliard soʻm;
  • Buxoro viloyati – 577,8 milliard soʻm;
  • Surxondaryo viloyati – 568,7 milliard soʻm;
  • Jizzax viloyati – 339,2 milliard soʻm;
  • Navoiy viloyati – 255,8 milliard soʻm;
  • Sirdaryo viloyati – 184,4 milliard soʻm.

Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, ushbu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 12,1 foizga oshgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер