Oʻzbekistonlik shifokor va hamshiralar Buyuk Britaniya shifoxonalariga ishga jalb qilinadi
Oʻzbekiston elchixonasida Buyuk Britaniyada xorijdan yuqori malakali shifokorlar va hamshiralarni ish bilan taʼminlashga ixtisoslashgan “Triple West Medical” rekruting kompaniyasi direktori Gurol Maxmut bilan uchrashuv oʻtkazildi.
Suhbat davomida Britaniya tomoniga Oʻzbekiston Hukumati tomonidan mehnat migratsiyasi sohasida olib borilayotgan ishlar, xorijda ishlayotgan vatandoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish qaratilgan davlat dasturlari haqida batafsil maʼlumot berildi. Mehnat muhojirlariga kasb va til oʻrgatish maqsadida tashkil etilgan oʻquv hamda “Ishga marhamat” monomarkazlar faoliyati taʼkidlandi.
Britaniya tomoni Oʻzbekiston Hukumatining mamlakat fuqarolarini chet elga tartibli va xavfsiz ishga joylashtirish boʻyicha amalga oshirayotgan tizimli ishlarini yuqori baholadi.
Taʼkidlanganidek, sohadagi islohotlar oʻzbekistonlik mehnat migrantlarini xorijda talabgor boʻlishiga hamda tayyor mutaxassis sifatida yuqori oylik maosh olishiga sabab boʻlmoqda.
“Oʻzbekistondan oliy toifadagi shifokorlarni ishga jalb qilish uchun oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va ular uchun kasbiy til koʻnikmalarini egallashlari uchun oʻquvlarni tashkil etishga tayyormiz. Tanlovdan oʻtgan shifokorlar Britaniyadagi nufuzli shifoxonalarda ish bilan taʼminlanadilar”, dedi u.
Muzokaralar yakunida “Triple West Medical” rekruting kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaning mamlakatimizga amaliy safarini uyushtirish va tegishli davlat idoralari vakillari bilan muzokaralar tashkil etishga kelishib olindi.
2008-yilda tashkil etilgan “Triple West Medical” kompaniyasi Britaniya va Irlandiyadagi davlat shifoxonalari bilan malakali xorijiy shifokorlarni ishga joylashtirish boʻyicha hamkorlik qiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring