Oʻzbekistonga sovuq antitsiklon kirib kelmoqda — “Oʻzgidromet”
Bugun, 7-martdan boshlab mamlakat hududiga sovuq antitsiklon kirib kela boshlaydi. Bu haqida “Oʻzgidromet” maʼlum qildi.
Unda aytilishicha, sovuq antitsiklon kirib kelishi munosabati bilan, atmosfera havosi sifati yomonlashishi kutilmoqda. Havo aylanishining sustligi va harorat inversiyasi shakllanishi ehtimoli tufayli ifloslantiruvchi moddalar atmosferaning yerga yaqin qatlamida toʻplanib boradi. Qayd etilishicha, ayni paytda hududda harorat inversiyasining shakllanishiga olib keluvchi meteorologik sharoitlar kuzatilmoqda. Bu kechasi 5-7 daraja va kunduzi 16-18 daraja iliq boʻlgan keskin harorat farqi bilan bogʻliq.
“Toshkent shahri nam va nisbatan salqin havo massasi taʼsirida qolmoqda. Ertalabki soatlarda tuman, yuqori namlik va deyarli shamolsiz ob-havo kuzatilib, bu havo almashinuvining juda sekin kechishiga sabab boʻladi. Natijada chiqindilar shahar hududida saqlanib qoladi”, — deyiladi xabarda.
Maʼlum qilinishicha, atmosferada shaharga xos boʻlgan odatiy ifloslantiruvchi moddalar toʻplanadi. Ularning asosiy manbalari avtotransport, isitish tizimlari, yoqilgʻini yoqish hamda sanoat chiqindilaridir. Bunday sharoitda ifloslantiruvchi moddalarning tarqalishi sust kechadi va havoda chang hamda mayda dispersli zarrachalar konsentratsiyasining ortishi kuzatilishi mumkin.
“Oʻzgidromet” xabariga koʻra, bunday vaziyat yaqin uch kun davomida saqlanib turishi mumkin. 10-martga kelib sovuq antitsiklon mamlakatimiz hududini toʻliq qamrab oladi. Havo harorati barqarorlashishi, shamol tezligining oshishi hamda yogʻingarchilik kuzatilishi natijasida atmosfera havosidagi ifloslantiruvchi moddalar tarqalishi kutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring