Oʻzbekistondan Kuvaytga 1 tonna meva eksport qilindi
Oʻzbekiston meva-sabzavot mahsulotlari eksportini yangi bozorlarga yoʻnaltirishda navbatdagi qadamni tashladi. Buxoro tumanidagi “National Agroforte” kompaniyasi hamda Kuvaytning “Star Fruit Co.” kompaniyasi oʻrtasidagi kelishuv asosida Kuvaytga 1 tonna oʻzbek mevalari yetkazib berildi.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekistonning Kuvaytdagi elchixonasi koʻmagida mahalliy kompaniyalar bilan ham qator hamkorlik ishlari olib borilmoqda. Jumladan, “Javed & Majed Co” va “Agricultural Food Products Co” kompaniyalari bilan dudlangan goʻsht, pishloq, olma, qovun, anor va tarvuz kabi mahsulotlarni yetkazib berish yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda.
Shu tariqa, Oʻzbekiston mahsulotlari Kuvayt bozorida ham oʻz oʻrnini topa boshlamoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
- MIB direktoriga yangi oʻrinbosar tayinlandi
- Toshkent – Samarqand pullik yoʻli qurilishi 2 milliard dollardan ziyodga baholanmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring