Oʻzbekistonda yovvoyi hayvonlarni ovlash uchun arizalar qabuli qachondan boshlanadi
AOKAda 29-oktabr kuni “Ekologik nazorat reydlarida aniqlanayotgan holatlar va brakonyerlikka qarshi kurash” mavzusidagi matbuot anjumani boʻlib oʻtdi. Matbuot anjumanida Ekoqoʻmita tomonidan yovvoyi hayvonlarni ovlash va “Qizil kitob”ga kiritilgan hayvonlarni tabiatdan ajratish tartibi haqida aytib oʻtildi.
Xabarga koʻra, bu tartib “Ov qilish va ovchilik xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi qonunda keltirilgan. Unda yovvoyi hayvonlarni tutishga doir 2022-yil uchun talabnomalar jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan joriy yilning 1-noyabridan 15-noyabriga qadar Oʻzbekiston Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasiga topshiriladi. Ular 25-noyabrga qadar Fanlar akademiyasiga yuboriladi.
Fanlar akademiyasi yovvoyi hayvonlarni tutishga doir kvota loyihasi boʻyicha xulosani 5-dekabrga qadar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasiga taqdim etadi. Ekologiya qoʻmitasi 10-dekabrga qadar boʻlgan muddatda ushbu xulosa asosida yovvoyi hayvonlarni tutishga doir kvotalarni tasdiqlaydi. Kvotani taqsimlash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi hamda uni ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish hududiy organlariga yuboradi.
Qayd etilishicha, yovvoyi hayvonlarni tutishga doir har yilgi hamda qoʻshimcha kvota Oʻzbekiston Ekologiya qoʻmitasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi. “Qizil kitob”ga kiritilgan kamyob va yoʻqolib borayotgan yovvoyi hayvon turlarini tabiiy yashash muhitidan ajratib olish alohida tartibda Fanlar akademiyasining xulosasi, Vazirlar Mahkamasi qarori, Ekologiya qoʻmitasi ruxsatnomasi bilan amalga oshiriladi.
Shuningdek, Oʻzbekiston hududida yovvoyi hayvonlarni ov qilish haq toʻlash asosida amalga oshirilishi, toʻlov yovvoyi hayvonlarni tutishga doir ruxsatnomada koʻrsatilgan har bir hayvon uchun kiritilishi aytildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring