Oʻzbekistonda yangi turistik yoʻnalishlar ochilmoqda
Fargʻona, Andijon va Namangan viloyatining tuman va shaharlarini bogʻlovchi “Oltin vodiy sayyohlik halqasi” hamda Xorazm va Qoraqalpogʻiston boʻylab “Qalʼalar halqasi” turistik yoʻnalishlar ishlab chiqildi. Bu haqda Turizm qoʻmitasi matbuot xizmati xabar qildi.
“Oltin vodiy sayyohlik halqasi” turistik yoʻnalishi jami Fargʻonada 22 ta, Andijonda 18 ta va Namanganda 17 ta tashrif obyektlarini oʻz ichiga olgan.
Vodiyga tashrif buyurgan turistlarni aniq marshrut asosida kutib olinadi. Sayyohlarga qiziqarli manzillar taqdim etiladi. Mehmonlar “Oltin vodiy sayyohlik halqasi” turistik yoʻnalishida joylashgan madaniy meros obyektlari, eko- va agroturizm obyektlari, koʻngilochar maskanlar va hunarmandchilik markazlari bilan yaqindan tanishadi.
Xorazm va Qoraqalpogʻiston boʻylab “Qalʼalar halqasi” turistik yoʻnalishi xorijlik va mahalliy sayyohlarga yurtimizda joylashgan qadimiy qalʼalar — Ichan Qalʼa, Ulli Hovli, Qalajiq qalʼa, Sulaymon qalʼa, Toshqalʼa, Ayazqalʼa, Tuproqqalʼa va Ellikqalʼa tarixi bilan yaqindan tanishishga imkoniyat yaratadi.
Qayd etilishicha, mazkur turistik yoʻnalishlar mamlakatning qadimiy qadamjolariga xorijlik va mahalliy sayyohlar oqimini koʻpaytirishga va Oʻzbekiston turizm salohiyatini oshirishga yordam beradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Shimol yogʻdusi — moʻjiza emas dahshat. Quyoshda X toifali kuchli chaqnash sodir boʻldi
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring