Oʻzbekistonda yana bir nodavlat universitet ochiladi

14:42 11 Fevral 2021 Jamiyat
10018 0

Vazirlar Mahkamasining Buxoro psixologiya va xorijiy tillar universitetini tashkil etishga doir qarori loyihasi muhokamaga qoʻyildi.

Hujjat loyihasida mazkur OTM “Buxoro psixologiya va xorijiy tillar universiteti” masʼuliyati cheklangan jamiyati muassisligida tashkil etilishi koʻrsatilgan.

Quyidagilar Universitetning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilanadi:

  • Universitetda Oʻzbekiston va dunyoning nufuzli xorijiy oliy taʼlim muassasalarining innovatsion dasturlarini joriy etish;
  • respublika iqtisodiyoti real sektorlari tarmoqlarining ehtiyojlarini hisobga olgan holda yuqori malakali oliy maʼlumotli mutaxassislarni tayyorlash;
  • xorij va Oʻzbekistonning ilgʻor oliy taʼlim muassasalari va ilmiy-amaliy psixologiya maktablari bilan hamkorlik asosida tajriba almashish dasturlarini amalga oshirish;
  • oʻquv rejalariga zamonaviy fanlarni kiritib borish, innovatsion hamda ilm-fanga asoslangan texnologiyalarni tatbiq qilish;
  • taʼlim jarayoniga yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalarining malakali professor-oʻqituvchilari, olim va mutaxassislarini jalb qilish;
  • taʼlim jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, ilm-fan va texnikaning yangi yutuqlarini joriy etish;
  • professor-oʻqituvchilar malakasini oshirish va qayta tayyorlash,
  • shu jumladan ularning stajirovkasini nufuzli xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida tashkil etish;
  • aholining turli qatlamlariga va mehnat jamoalariga shartnomalar asosida psixologik xizmatlar koʻrsatish.

Universitetga har yili ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning qobiliyatli, iqtidorli hamda oʻzlashtirish koʻrsatkichlari yuqori boʻlgan farzandlari orasidan tanlov asosida bepul (Universitet granti asosida) 10 foizdan kam boʻlmagan abituriyentlar oʻqishga qabul qilinadi.

Universitet Buxoro viloyati Kogon tumanida tashkil etiladi va u nodavlat oliy taʼlim tashkiloti hisoblanadi.

Universitetda oʻqitish Oʻzbekiston Respublikasida amalda mavjud taʼlim shakllari hamda oʻzbek, rus va ingliz tillarida toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklariga qabul parametrlari hamda toʻlov-kontrakt miqdori ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi yuqori malakali mutaxassislarga boʻlgan ehtiyojdan hamda Universitetning moddiy-texnik imkoniyatidan kelib chiqqan holda Muassis tomonidan tomonidan belgilanadi.

Universitetda taʼlim faoliyati Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan belgilangan tartibda litsenziya berilganidan soʻng boshlanadi.

Universitet bitiruvchilariga Oʻzbekiston Respublikasida oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjat sifatida eʼtirof etiladigan belgilangan namunadagi diplom beriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер