Oʻzbekistonda yana 183 kishida koronavirus aniqlandi

16:58 28 Sentyabr 2020 Jamiyat
669 0

2020-yil 28-sentyabr soat 17:00 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 55 776 (+183) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

146 nafari Toshkent shahrida,
16 nafari Buxoro viloyatida,
13 nafari Andijon viloyatida,
4 nafari Navoiy viloyatida,
4 nafari Toshkent viloyatida tana harorati koʻtarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Bugun ayni paytga qadar:
Toshkent shahrida 167 nafar,
Toshkent viloyatida 98 nafar,
Namangan viloyatida 54 nafar,
Buxoro viloyatida 18 nafar,
Andijon viloyatida 13 nafar,
Samarqand viloyatida 9 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib, yurtimizda 52 324 (+359) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (94 foiz) sogʻaygan.

Hozirda mamlakatimizning davolash muassasalarida 2 992 nafar bemor ushbu kasallik tashxisi bilan davolanmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер