O‘zbekistonda tramvay ishlab chiqarilishi mumkin

Chexiyaning “Pragoimpeks” kompaniyasi bosh direktori Vladimir Faltesik boshchiligidagi delegatsiyasi mamlakatning O‘zbekistondagi elchisi Yaroslav Siro hamrohligida Samarqandga keldi. Bu haqda “Novosti Uzbekistana” nashri xabar berdi.
Mehmonlar “Tramvay yo‘nalishlaridan foydalanish direksiyasi” davlat korxonasi rahbari Fayzullo Murtazoyev bilan uchrashdi. Muzokaralar davomida 42 ta yangi tramvay xarid qilish, Chexiyadagi tramvay zavodi bazasi kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
Shuningdek, chex mutaxassislari yordamida markaziy dispetcherlik punkti yaratiladi, bekatlar esa yo‘lovchilarga tramvaylar harakatlanishi jadvali haqida ma’lumot beradigan monitorlar bilan jihozlanadi. Shuningdek, yaqin orada yo‘lovchilarga bepul Wi-Fi’dan foydalanish imkoniyati taqdim etiladi.
“Bitta yangi tramvay 1 million dollar turadi. Shu sababli bizga ularni xarid qilishdan bu yerda yig‘ish foydaliroq. Kompaniya rahbariyati bilan Toshkent yo‘lovchi vagonlar qurilishi va ta’miri zavodi bazasida birgalikda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish shartlarini muhokama qildik. Mahalliylashtirish darajasini 60 foizgacha olib chiqishni mo‘ljallaganmiz”, — ta’kidladi Fayzullo Murtazoyev.
Mutasaddilarga ko‘ra, yaqin orada Toshkentdagi barcha tramvay vagonlari Samarqandga keltiriladi. Ularning bir qismi ta’mirlanadi, bunga yaramaganlari esa ehtiyot qism o‘rnida ishlatiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Kuchli qichishish va jismoniy azobdan tashqari, insonni ruhan ham yemiradi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring