Oʻzbekistonda sunʼiy qor va yomgʻir yogʻdirilishi mumkin
Foto: Arxiv surat
Oʻzbekistonda sunʼiy tarzda qor va yomgʻir yogʻdirilishi mumkin. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati direktori oʻrinbosari Ibratjon Karimov aytib oʻtdi. Mutaxassisning aytishicha, Oʻzbekiston hududida oʻtgan asrning 60-90 yillarida bu tajribadan foydalanilgan.
«Kelajakda kerakli joylarda buyurtma asosida sunʼiy qor va yomgʻir yogʻdirish amaliyoti joriy etilishi kutilmoqda. Dehqonchilik yerlarida 1 millimetr yomgʻir yogʻishi natijasida gʻalla va boshoqli ekinlar miqdorini 4 kilogrammgacha oshirish mumkin.
Biz bu bilan yomgʻirni koʻpaytirishimiz mumkin va qish kunlari yogʻin qor koʻrinishida kelishi ham mumkin. Yogʻinning qor koʻrinishida yogʻishi yoz faslida suv kerak boʻladigan paytda suv zaxirasi bilan taʼminlashga yordam beradi. Sunʼiy yomgʻir yogʻdirishning salbiy taʼsiri yoʻq», — deydi mutaxassis.
Qayd etilishicha, yomgʻir yogʻdirishning bir necha usullari bor. Masalan, samolyot yordamida bulutlarga kumush yodit sepish, quruq muzni bulutga sepish, maxsus generatorlar yordamida kimyoviy elementlarni purkash orqali yoki dronlar yordamida ham sunʼiy yomgʻir yogʻdirish mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring