O'zbekistonda sog’liqni saqlash tizimi uchun 100 mln AQSh dollari miqdoridagi kreditlar ajratiladi
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "Aholiga tibbiy xizmat ko'rsatish sifatini yaxshilash va sog'liqni saqlash sohasida kadrlar salohiyatini yanada oshirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, 2021-2022-yillarda Moliya vazirligi davlat, tuman (shahar) va viloyat tibbiyot muassasalarining zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar xarid qilishi, shuningdek, yetakchi xorijiy tibbiyot muassasalarida o'z mutaxassislarining malakasini oshirishi uchun $100 mln AQSh dollari miqdoridagi kredit mablag’larini ajratadi.
Mablag'lar milliy valyutada 3 yil muddatga, yillik 2 foiz stavka bo'yicha ajratiladi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tegishli hududiy sog'liqni saqlash boshqarmalari bilan birgalikda har bir mintaqa va muassasa kesimida tibbiy uskunalarga bo'lgan ehtiyojni aniqlaydilar.
Tibbiy asbob-uskunalar xarid qilish bo'yicha texnik topshiriqlar va tender hujjatlari "Loyihalar va import shartnomalarini kompleks ekspertiza qilish markazi" davlat unitar korxonasida kompleks ekspertizadan o'tkaziladi.
Bundan tashqari, hududlar ma'muriyatlariga hududlardagi tibbiyot muassasalari mutaxassislarining malakasini oshirish uchun markazda kompleks ekspertiza o'tkazish sharti bilan to'g'ridan-to'g'ri shartnomalar tuzishga ruxsat beriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring