Oʻzbekistonda sholi yetishtiruvchilarga imtiyozli kreditlar ajratiladi
Oʻzbekistonda 2024-yil 1-sentyabrdan fermer, dehqon xoʻjaliklari hamda boshqa mahsulot yetishtiruvchilarga sholi yetishtirish va xarid qilish xarajatlarini moliyalashtirish uchun prezident qarorida belgilangan shartlarda imtiyozli kreditlar ajratiladi. Bu haqda “Sholi yetishtiruvchilar faoliyatini qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi prezident qarorida belgilandi.
Qarorga koʻra, 2025—2026-yillarda sholi ekish uchun xarid qilingan va ishlab chiqarilganiga bir yildan oshmagan yangi urugʻ seyalkalari hamda koʻchatlab ekish uskunalari qiymatining 20 foizi davlat byudjetidan subsidiyalar ajratish orqali qoplab beriladi.
Xorazm viloyatida sholi yetishtiruvchilarga quyidagi qoʻshimcha subsidiyalar ajratiladi:
- sholi yetishtirish uchun har bir gektar lazerli tekislangan maydonga sarflangan yoqilgʻi-moylash materiallari xarajatlarining 100 foizini, biroq bir gektar uchun umumiy xarajat miqdorining 1 million soʻmdan ortiq boʻlmagan qismini qoplash uchun;
- prezident qarorida belgilangan miqdorlarda zamonaviy suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish bilan bogʻliq xarajatlarning bir qismini qoplash uchun.
2024-yil hosilidan, istisno tariqasida, Xorazm viloyatidagi 120 sentner va undan yuqori hosil olgan qishloq xoʻjaligi korxonalariga yetishtirilgan sholining 50 foizdan oshmagan guruch mahsulotini eksportga yoʻnaltirishga ruxsat beriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring