Oʻzbekistonda OʻRVI bilan kasallangan bolalar uchun shifoxonalarda qoʻshimcha joylar yaratildi

10:57 29 Noyabr 2021 Jamiyat
1370 0

Oʻzbekistonda oʻtkir respirator virusli infeksiyalar (OʻRVI) bilan kasallangan bolalar uchun qoʻshimcha besh mingdan ortiq oʻrinlar tashkil etildi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlumotlarga koʻra, Toshkent shahridagi shifoxonalarda 884 ta, viloyatlarda 5062 ta qoʻshimcha oʻrinlar yaratilgan boʻlib, 25-noyabr holatiga koʻra, poytaxtda jami oʻrinlar soni 3521 ta, respublika boʻyicha esa 19 800 taga yetdi.

Ayni paytda poytaxt shifoxonalarida 661 ta boʻsh oʻrin mavjud boʻlib, viloyatlar bilan birgalikda – 4700. Taqqoslash uchun, 12-noyabr holatiga koʻra, Toshkent shahrida OʻRVI bilan kasallangan bolalar uchun 2637 ta, viloyatlarda 14723 ta, qoʻshimcha oʻrinlar yoʻq edi.

Bolalar oʻrtasida OʻRVI bilan kasallanishning mavsumiy oʻsishi munosabati bilan qoʻshimcha joylarni tashkil etish ishlari 13-noyabrdan boshlandi. Bunga tibbiyot muassasalariga murojaat qilish va tez yordam chaqirishlar sonining koʻpayishi yordam berdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?