Oʻzbekistonda koronavirus yuqtirganlar soni oshdi

23:45 03 Noyabr 2020 Jamiyat
782 0

2020-yil 3-noyabr soat 23:30 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 67 626 (+73) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:
52 nafari Toshkent viloyatida,
14 nafari Toshkent shahrida,
7 nafari Buxoro viloyatida tana harorati koʻtarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Eʼtiborli jihati, bugun:
Qoraqalpogʻiston Respublikasida 8 nafar,
Andijon viloyatida 11 nafar,
Buxoro viloyatida 18 nafar,
Jizzax viloyatida 10 nafar,
Qashqadaryo viloyatida 7 nafar,
Namangan viloyatida 12 nafar,
Samarqand viloyatida 8 nafar,
Sirdaryo viloyatida 13 nafar,
Surxondaryo viloyatida 6 nafar,
Fargʻona viloyatida 12 nafar,
Xorazm viloyatida 12 nafar,
Toshkent viloyatida 58 nafar,
Toshkent shahrida 39 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib, yurtimizda 64 885 (+214) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (96 foiz) sogʻaygan.

Hozirda mamlakatimizda 2 167 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер