Oʻzbekistonda xayriya mablagʻlarini yigʻish tartibi belgilandi
Illyustrativ foto
Oʻzbekistonda homiylik xayriyalarini yigʻish tartibi belgilandi.
Qonun hujjatlariga kiritilgan oʻzgartirishlar bilan davlat organlarining mansabdor shaxslari tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashishga javobgarlik belgilandi. Ushbu qonunbuzarlikni sodir etgan shaxslarga BHMning 7 baravaridan 10 baravarigacha jarima solinishi mumkin.
Bundan tashqari, homiylik xayriyalarini yigʻish tartibi aniq belgilandi. Unga koʻra, xayriyalarni yigʻish muayyan homiylik oluvchilarning manfaatlarini koʻzlab, oldindan eʼlon qilingan muddat davomida amalga oshiriladi.
Homiylik tashkilotlari tomonidan homiylik xayriyalarini naqd pul shaklida yigʻish faqat xayriya qutisi yordamida amalga oshiriladi. Bundan naqd pul shaklidagi homiylik xayriyalarini ularning bank hisobvaraqlariga qonunchilikda belgilangan tartibda oʻtkazish hollari mustasno.
Xayriya qutisi shaffof boʻlishi va uni ochish joyi tegishli belgilangan shaxslar shaxs tomonidan imzolangan hamda muhrlangan qogʻozli plomba yoki raqamlangan plomba bilan plombalangan boʻlishi shart.
Ushbu tartibni buzish fuqarolarga BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa 5 baravaridan 7 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻlishi koʻzda tutiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Kuchli qichishish va jismoniy azobdan tashqari, insonni ruhan ham yemiradi
- Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida qisqa fursatga toʻxtagan Italiya Respublikasi Bosh vaziri Jorja Meloni bilan uchrashuv oʻtkazdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring