Oʻzbekistonda kartoshka yetishtirishning baʼzi xarajatlari davlat byudjetidan qoplab beriladi
Kartoshka yetishtirish davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi. Bu haqida “Huquqiy axborot” Telegram-kanali maʼlum qildi.
“Respublikada kartoshka yetishtirishni koʻpaytirish va urugʻchiligini yanada rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (269-son, 08.09.2025-y.) qabul qilindi.
Mazkur qarorga koʻra, respublikada kartoshka yetishtirishni koʻpaytirish va urugʻchiligini rivojlantirishning asosiy maqsadli koʻrsatkichlari etib quyidagilar belgilangan:
- 2028-yildan har yili unuvchanlik darajasi 85 foizdan past boʻlmagan kamida 10 mln dona kartoshkaning mini-tuganaklarini yetkazib berish;
- 2030-yilga borib respublikada kartoshkaning oʻrtacha hosildorligini 16–17 tonnadan 25–30 tonnaga oshirish.
Shuningdek, Qishloq xoʻjaligi vazirligi har yili 1-dekabrgacha keyingi yilda yetishtiriladigan kartoshkaning “in-vitro” oʻsimliklari, mikro va mini-tuganaklarining hajmlari boʻyicha ilmiy muassasalar va tadbirkorlarga buyurtma beradi.
2026-yil 1-yanvardan Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan tijorat banklari orqali kartoshka yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish uchun hosil qiymatining 50 foizigacha yillik 12 foiz stavkada 6 oylik imtiyozli davr bilan 12 oy muddatga sugʻurta polisi asosida kreditlar ajratiladi.
Bundan tashqari, 2026-yil 1-yanvardan kartoshka yetishtiruvchilar tomonidan quyosh panellari oʻrnatish xarajatlarining 50 foizigacha, biroq 50 million soʻmdan ortiq boʻlmagan qismi Davlat byudjetidan qoplab berilishi belgilangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring