Oʻzbekistonda ilk marotaba eng samarali faoliyat koʻrsatayotgan olimlar taqdirlanadi
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan Niderlandiyaning Elsevier kompaniyasi bilan hamkorlikda Scopus ilmiy-tahliliy maʼlumotlar bazasi versiyasi boʻyicha eng samarali faoliyat koʻrsatayotgan olimlarni tantanali taqdirlash marosimi oʻtkaziladi.
Taqdirlash marosimi shu yilning 23 noyabr kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida tashkil etilib, unda vazirlik va tashkilotlar rahbarlari, QS, Times Higher Education kabi dunyoning yetakchi reyting agentliklari direktorlari, Elsevier kompaniyasi rahbarlari, xorijlik mutaxassislar hamda oliy taʼlim muassasalari rektorlari ishtirok etadi.
Tadbir doirasida Birinchi ilmiy forum ham oʻtkazilishi rejalashtirilgan va unda maqola yozish, ilmiy jurnallarni indeksatsiyalash va xalqaro reytinglarga kirish metodologiyasini oʻrgatish boʻyicha mahorat darslari boʻlib oʻtadi.
Maʼlumot uchun, shu yilning 23 mart kuni Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Elsevier kompaniyasi oʻrtasida respublika oliy taʼlim muassasalarining ilmiy salohiyatini oshirish, ularni dunyoning yetakchi reyting agentliklari tomonidan eʼtirof etilishini taʼminlashga qaratilgan “Ilm-fan 2020” hamkorlik dasturi imzolangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi “Sharq bahori” turar joy majmuasining qurilish maydoniga tashrif buyurdi
- Oʻzbekistonning Gʻazodagi vaziyatga nisbatan hozirgi aniq pozitsiyasi qandayligi aytildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring