Oʻzbekistonda ilk bor nemis tili universiteti tashkil etilishi mumkin
Tomonlar oʻrtasida muhandis-texnika mutaxassislarini tayyorlashda oʻzaro taʼlim dasturlarini joriy qilish, Germaniyadan tajribali olimlarni Oʻzbekistonga taklif qilish, dolzarb global muammolar yechimiga qaratilgan oʻzaro ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish kabi masalalar muhokama etildi.
Vazir Qoʻngʻirotboy Sharipov elchi bilan suhbatda Oʻzbekistonda ilk nemis tili universitetini tashkil etish masalasiga ham toʻxtalgan.
“Bugungi kunda oʻzaro talabalar, professor-oʻqituvchilar almashinuvi dasturlarini kengaytirish, yosh olimlarning Germaniyada ilmiy stajirovkalarini tashkil etish muhim yoʻnalishlardan biridir. Shuningdek, Germaniya tomoni bilan Oʻzbekistonda ilk nemis tili universitetini tashkil etish boʻyicha muzokaralarni davom ettirishga tayyorligimizni maʼlum qilaman”, dedi vazir.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring