Oʻzbekistonda Ibn Sinoning Italiyada saqlanayotgan eng katta qoʻlyozmasining faksimilesi nashr qilinadi va bu haqda film suratga olinadi

19:06 06 Fevral 2020 Madaniyat
1365 0

“Oʻzbekkino” Milliy agentligi, Oʻzbekiston madaniy merosini oʻrganish, asrash va ommalashtirish boʻyicha Butunjahon jamiyati, Italiyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi hamkorligida bir qator loyihalarni amalga oshirmoqda. Ular orasida Ibn Sinoninig Bolonya kutubxonasida saqlanayotgan eng yirik qoʻlyozmasining faksimile nashri va u haqidagi film ham kiritilgan.

“Oʻzbekiston madaniy merosi dunyo toʻplamlarida” loyihasining binosida Oʻzbekiston madaniy merosini oʻrganish, asrash va ommalashtirish boʻyicha Butunjahon jamiyati raisi F. Abduxoliqov hamda Italiya Respublikasining Oʻzbekistondagi elchisi Andreo Bertossi oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuv chogʻida “Oʻzbekision madaniy merosi dunyo toʻplamlarida” turkumidan Italiyada saqlanayotgan madaniy merosimiz durdonalari haqida kitob-albom va film yaratish haqida ham soʻz bordi.

– Biz ana shu yirik loyihani amalga oshirish uchun yordam koʻrsatishga tayyormiz, — deydi Italiyaning Oʻzbekistondagi elchisi Andreo Bertossi. – Taniqli sharqshunos olimlar bilan aloqa oʻrnatish uchun Italiya muzeylariga murojaat qilamiz. Xususan, Neopol sharqshunoslik universiteti (Università degli Studi di Napoli “LʼOrientale”) bilan mustahkam aloqa oʻrnatganmiz. Rimdagi La Sapiyensa universiteti olimlari Samarqandda tadqiqot olib borishmoqda. Ushbu olimlar bilan hamkorlik kelgusida Oʻzbekistonning Italiyadagi madaniy merosi durdonalarini tadqiq etishda ham oʻz samarasini berishiga umid qilamiz 

Janob elchining taʼkidlashicha, oʻrta asrlarda Marko Poloning sayohatlari, Venetsiya va Genuya savdogarlarining Buyuk Ipak yoʻlidagi savdo karvonlari Gʻarb va Sharq oʻrtasida koʻprik vazifasini oʻtagan.

Shu bilan birga, Italiyada media-tadbirlar oʻtkazish masalasi ham muhokama qilindi.

- Joriy yilda loyihamiz doirasida buyuk bobolarimiz, xususan, Abu Ali ibn Sino merosi haqida ham yangi filmlar suratga olish, yangi kitob-albomlar chop etish koʻzda tutilgan, — dedi Oʻzbekiston madaniy merosini oʻrganish, asrash va ommalashtirish boʻyicha Butunjahon jamiyati raisi F.Abduxoliqov. – Jumladan, Britaniyaning Clan Production studiyasi bilan Bi-bi-si telekanali uchun Ibn Sino haqida film suratga olish rejalashtirilgan. Shuningdek, ulugʻ allomaning jahondagi qator kutubxonalarda saqlanayotgan qoʻlyozmalari haqida fotoalbom va film yaratishni ham koʻzda tutganmiz. Bu loyihalar Parijdagi “Avitsenna-Fransiya” jamiyati va Eriell Group kompaniyasi koʻmagida amalga oshiriladi. Bolonya universitetida saqlanayotgan mazkur qoʻlyozmaning faksimilesi doimiy hamkorlarimizdan biri Avstriyaning Mueller&Schindler nashriyotida tayyorlanadi.

Ibn Sinoning mashhur “Tib qonunlari” asari XV asrda lotin tiliga tarjima qilingan va oʻsha paytdayoq Injildan soʻng Yevropada eng koʻp bosilgan kitobga aylangan. Mazkur qoʻlyozma esa asarning ivrit tilidagi nashri boʻlib, u allomaning eng qimmatli qoʻlyozmalaridan biri sanaladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер