Oʻzbekistonda elektron sigaretalar taqiqlandi
Illyustrativ foto
Kecha, 27-noyabr kuni qabul qilingan qonun bilan Oʻzbekistonda elektron sigaretalarni oʻtkazganlik uchun javobgarlik belgilandi.
Qonun (OʻRQ–1098-son) bilan Jinoyat kodeksiga kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, Oʻzbekistonda muomalasi taqiqlangan tamaki mahsulotlari, nikotin yetkazib berishning elektron tizimlari, shu jumladan elektron sigaretalarni tayyorlash, olish, saqlash, tashish oʻtkazish, ishlab chiqarish, Oʻzbekistonga olib kirish yoki undan olib chiqish ancha miqdorda yoxud shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, BHMning 300 baravaridan 500 baravarigacha (123,6 million soʻmdan 206 million soʻmgacha) miqdorda jarima yoki 2-yildan 3-yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 3-yildan 5-yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3-yildan 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Bunda ushbu harakatlarni sodir etgan shaxs aybini boʻyniga olish toʻgʻrisida hokimiyat organlariga arz qilgan va muomalasi taqiqlangan mahsulotlarni topshirgan taqdirda, javobgarlikdan ozod qilinadi.
Bundan tashqari “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda isteʼmol qilinishini cheklash toʻgʻrisida”gi Qonunda elektron sigaretalar va ular uchun suyuqliklarning aylanishiga doir taqiq belgilandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring