Oʻzbekistonda daryo oʻzanlaridan qum-shagʻal qazib olishga muddatsiz moratoriy joriy etildi
Foto: Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi
Joriy yilning 12-sentyabr kuni “Noruda materiallarni qazib olishga moratoriy joriy etilgan suv havzalari hududlarining chegaralarini belgilash toʻgʻrisida”gi Hukumat Qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.
Qarorga koʻra, Chirchiq, Sirdaryo, Sangzor, Zarafshon, Norin, Qashqadaryo va Surxondaryo daryolari oʻzanlaridagi noruda materiallari qazib olishga muddatsiz moratoriy joriy etiladigan hududlar chegaralari tasdiqlandi. Bunda moratoriy tatbiq etiladigan daryolar hududlari chegaralariga daryo oʻzanlari, ularning sohilboʻyi mintaqalari va suvni muhofaza qilish zonalari kiradi.
Tegishli tashkilot va hokimliklar:
- daryolarning moratoriy tatbiq etilishi belgilangan hududlarida daryo oʻzanlarini tozalash va noruda materiallarini qazib olish ishlari toʻxtatilishini qatʼiy nazoratga oladi;
- daryo oʻzani, sohilboʻyi mintaqalari va suvni muhofaza qilish zonalarida noruda materiallarini noqonuniy qazib olishning oldini olish boʻyicha nazorat tadbirlarini kuchaytiriladi hamda joriy qilingan moratoriyni buzishga oid huquqbuzarlik holatlari yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda choralar koʻrilishini taʼminlaydi.
Qayd etilishicha, daryolarning moratoriy tatbiq etilishi belgilangan hududlarida joylashgan qum-shagʻal qazib oluvchi hamda qayta ishlovchi tadbirkorlar togʻ va togʻoldi hududlarga yoki ushbu hududlarning yaqinida joylashgan kichik sanoat zonalariga koʻchirish choralari koʻriladi.
Koʻchirilayotgan tadbirkorlarga noruda materiallarini oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi “E-auksion” orqali rasmiylashtirib beriladi.
Maʼlumot uchun, Prezident Farmoniga muvofiq, yuqoridagi daryolar oʻzanlaridagi noruda materiallarni qazib olishga muddatsiz moratoriy joriy etilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring