Oʻzbekistonda “Atlas festivali” va “Devzira” osh tanlov boʻlib oʻtadi

Joriy yilning 11-15 sentyabr kunlari hunarmandlar shahri Margʻilonda anʼanaviy “Atlas bayrami” festivali boʻlib oʻtadi.
Respublika “Hunarmand” uyushmasi matbuot xizmati rahbari Nilufar Hotamovaning aytishicha, mamlakatimizda toʻrttinchi bor tashkil etilayotgan ushbu bayram YUNЕSKO ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi, Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi, YUNЕSKOning mamlakatimizdagi vakolatxonasi va Fargʻona viloyati hokimligi hamkorligida tashkil etilmoqda.
Maʼlumki, Prezidentimizning 2017 yil 17 noyabrdagi“Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni hunarmandchilik sohasida ham ijobiy natijalarni qoʻlga kiritishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bugungi kunda tarixiy qadamjolar va boshqa diqqatga sazovor goʻshalarga tashrif buyurayotgan chet ellik sayyohlar hunarmandlarimiz tomonidan oddiy qoʻl mehnati ila yaratayotgan moʻʼjizalar qarshisida lol qolayotgani barchamizni quvontiradi. Bu mahsulotlar Oʻzbekistonning tashrif qogʻoziga va turizm brendiga aylandi.
Yurtimizda turizmni rivojlantirish, mamlakatimizga kelayotgan chet ellik sayyohlar oqimini yanada koʻpaytirish, atlas, adras, zardoʻzlik va kashtachilik singari milliy mahsulotlarimizni keng targʻib etishdaanʼanaviy tarzda oʻtkazib kelinayotgan “Atlas bayrami” festivalining oʻrni katta.
Festivalda mamlakatimizning barcha hududidan ishtirok etadigan hunarmandlar oʻz mahoratini namoyish etadi. Yosh hunarmandlar uchun taniqli ustalar ishtirokida anʼanaviy kashtadoʻzlik, tabiiy boʻyash, liboslar dizayni boʻyicha mahorat saboqlari tashkil etiladi.
Shuningdek, YUNЕSKOning Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilishdagiilgʻor tajribalar roʻyxatiga kiritilgan hunarmandchilikni rivojlantirish markazining rasmiy ochilish marosimi (Margʻilon hunarmandchilikni rivojlantirish markazi) hamda “Buyuk ipak yoʻlidagi Sharq va Gʻarb madaniyatlari almashinuvi: Hanchjou-Margʻilon-Valensiya” mavzusidagi xalqaro ilmiy anjumani tashkil etiladi. Tadbir doirasida “Hunarmandlar shaharchasi” deb nomlangan amaliy sanʼat buyumlari yarmarkasi, Oʻzbekiston modelyerlari shou-defilesi, konsertlar, kurash musobaqasi, dorbozlar tomoshasi, “Devzira” osh tanlovi oʻtkazilishi ham koʻzda tutilan.
Mavjuda Xolmatova
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring