Oʻzbekistonda 6 oyda qancha qorakoʻl teri olindi?

02:14 23 Avgust 2021 Iqtisodiyot
697 0

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar-iyun oylarida barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan 916,9 ming dona qorakoʻl teri (2020-yilning yanvar-iyuniga nisbatan 4,4 % ga koʻp) olindi.

Xoʻjalik toifalari oʻrtasida olingan qorakoʻl terining eng katta hajmi 760,0 ming dona yoki umumiy hajmidan 82,9 %i dehqon (shaxsiy yordamchi) xoʻjaliklarida qayd etildi.

Olingan qorakoʻl terining umumiy hajmiga nisbatan eng yuqori ulush Buxoro viloyatiga (40,6 %) toʻgʻri keldi. Shu bilan birga, eng past ulush Jizzax viloyatida (0,3 %) kuzatildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?