Oʻzbekistonda 2021-2022 oʻquv yillaridan bepul mobil bolalar bogʻchasi tashkil etiladi
“Mobil guruhlar bazasida maktabgacha taʼlim xizmatlarini koʻrsatish tizimini yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga koʻra, 2021–2022 oʻquv yilidan respublikaning barcha hududlarida mobil guruhlar bazasida maktabgacha taʼlim xizmatlarini koʻrsatish tizimi joriy etiladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Bir mobil guruhdagi bolalar soni kamida 16 nafar, koʻpi bilan 30 nafar boʻlishi lozim. Mobil guruhlarga bolalar quyidagilar asosida qabul qilinadi:
-bolaning qonuniy vakillari arizasi;
-tuman (shahar) maktabgacha taʼlim boʻlimlari tomonidan beriladigan yoʻllanma;
-bola sogʻligʻi toʻgʻrisidagi tibbiy maʼlumotnoma.
Takidlanishicha, mobil guruhlarda oʻquv yili har yili 2-sentyabrdan kelgusi yilning 31-mayigacha hamda yozgi sogʻlomlashtirish davri 1-iyundan 31-avgustgacha hisoblanadi.
1 smenadagi mashgʻulotlar davomiyligi 3 soatgacha boʻlishi lozim. Mobil guruhlarda davlat maktabgacha taʼlim xizmatlari bepul koʻrsatiladi.
Mobil guruhlarning ish tartibi 1 kunda 3 smenagacha, hafta davomida 6 kungacha amalga oshirilishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Uchinchi Renessansga eltuvchi maʼrifat koʻprigi: Oʻzbekiston—Pokiston hamkorligining yangi bosqichi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- “Insoniyat sivilizatsiyasiga asos boʻlgan yutuqlar shu zamindan kelib chiqqan” — Paragvay Prezidenti
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring