Oʻzbekistonda 18 yoshgacha boʻlganlar uchun bolalar nafaqasi joriy etiladi

22:09 11 Avgust 2021 Hujjatlar
6550 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam koʻrsatish hamda kambagʻallik bilan kurashish koʻlamini yana-da kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni imzolandi.

Unga koʻra, 2021-yil 1-sentyabrdan boshlab:

a) 14 yoshgacha bolalari boʻlgan oilalarga nafaqa hamda bola 2 yoshga toʻlguniga qadar uni parvarish qilish nafaqasi oʻrniga kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqasi (keyingi oʻrinlarda – bolalar nafaqasi) joriy etiladi. Bunda, bolalar nafaqasini tayinlashda:

inobatga olinadigan bolalar yoshi 14 yoshdan 18 yoshgacha oshiriladi;

toʻlov muddati 6 oydan 12 oygacha oshiriladi;

uning miqdorini oiladagi bolalar sonidan kelib chiqib belgilash tartibi qoʻllaniladi;

b) yakka-yolgʻiz boʻlgan fuqarolarga, farzandi boʻlmagan yoki barcha farzandlari 18 yoshdan katta boʻlgan kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam tayinlanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?