“Oʻzbekiston jadal rivojlanayotgan davlatlardan biridir” — “Oʻzbekiston — Litva” hamkorlik boʻyicha parlamentlararo guruhi rahbari K. Masyulis
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri oʻrinbosari U. Inoyatov Prezident sayloviga kuzatuvchi boʻlib kelgan — Litva parlamenti deputati, “Oʻzbekiston — Litva” hamkorlik boʻyicha parlamentlararo guruhi rahbari K.
Uchrashuvda U. Inoyatov mehmonlarni samimiy qutlab, ularga soʻnggi yillarda yurtimizda davlat qurilishi tizimini takomillashtirish, qonun ustuvorligini taʼminlash, sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, iqtisodiyotni liberallashtirish, ijtimoiy sohani rivojlantirish, ochiq va doʻstona tashqi siyosatni olib borishning ustuvor yoʻnalishlarida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida maʼlumot berdi.
Shuningdek, saylov qonunchiligini takomillashtirish, saylov huquqini taʼminlash, saylovlarni erkin va adolatli, ochiq hamda oshkora oʻtkazish borasida olib borilayotgan tizimli ishlar haqida ham axborot berildi.
Oʻz navbatida, K.
— Mamlakatingiz jadal rivojlanayotgan davlatlardan biridir. Shu bois, Litva tomoni Oʻzbekictonni Yevropa bozorlariga chiqishida yaqindan koʻmak berishni maʼlum qilamiz, – deydi K.
Muloqotda taʼkidlanganidek, bugungi kunda Litva parlamenti bir palatali boʻlib, u 141 nafar doimiy faoliyat yurituvchi deputatdan iborat.
Suhbat davomida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishda ishonchli muhitni yaratishga qaratilgan parlamentlararo aloqalarni yanada yaxshilash, siyosiy muloqotlar muntazamligini taʼminlash muhim ahamiyat kasb etishi taʼkidlandi.
Uchrashuv yakunida ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirishda muhim omil boʻlgan parlamentlararo munosabatlarni yanada kengaytirish va mustahkamlash, bu borada hamkorlikdagi tadbirlarni tashkil etish, qonun ijodkorligi boʻyicha tajriba almashishga kelishib olindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring