Oʻzbekiston va Ozarbayjon oʻrtasida Ittifoqchilik munosabatlari toʻgʻrisidagi shartnoma imzolandi

Foto: Prezident matbuot xizmati
Davlatlararo oliy kengashning birinchi majlisi yakunida ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi boʻlib oʻtdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev Ittifoqchilik munosabatlari toʻgʻrisidagi shartnomani imzoladilar va Davlatlararo oliy kengashning birinchi majlisi qarorini qabul qildilar.
Davlat rahbarlari huzurida quyidagi hujjatlar imzolandi:
- Mehnat faoliyati va fuqarolarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida hukumatlararo bitim;
- Tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasida 2025-2026-yillarga moʻljallangan hamkorlik dasturi;
- Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni yanada kengaytirish boʻyicha amaliy harakatlar rejasi;
- Maktabgacha taʼlim, kasb-hunar taʼlimi, oʻrta maxsus, oliy taʼlim va ilm-fan sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bayonnomalar;
- 2024-2026-yillarga moʻljallangan madaniy-gumanitar hamkorlik boʻyicha “yoʻl xaritasi”;
- 2024-2026-yillarga moʻljallangan turizm sohasidagi harakatlar rejasi;
- Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolarga xizmat koʻrsatish va ijtimoiy innovatsiyalar davlat agentligi oʻrtasida 2024-2026-yillarga moʻljallangan hamkorlik dasturi;
- Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi va Ozarbayjon Respublikasi Adliya vazirligi Adliya akademiyasi oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisida bayonnoma;
- Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Ozarbayjon Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisida bitim;
- Sud ekspertizasi markazlari oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisida bayonnoma.
Tashrif doirasida Toshkent va Boku, Shahrisabz va Baylagan, Jizzax va Guba shaharlari oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisida bitimlar va boshqa ikki tomonlama hujjatlar imzolandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
- “100 milliondan ortiq gullar, modalar haftaligi hamda turfa taomlar taqdimoti”: Namanganda oʻtkazilayotgan 64-Xalqaro gullar festivalidan video va fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring