Oʻzbekiston va Fransiya oʻrtasida readmissiya toʻgʻrisidagi bitim tasdiqlandi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Kecha, 8-iyul kuni “Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Prezident qarori [220-son] qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” Telegram kanalida xabar berildi.
Qarorga koʻra, Oʻzbekiston Hukumati va Fransiya Hukumati oʻrtasidagi readmissiya toʻgʻrisidagi bitim tasdiqlandi. Mazkur bitim 2025-yil 12-martda Parij shahrida imzolangan.
Hujjat bilan Ichki ishlar vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan vakolatli organ etib belgilandi.
Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin uning qoidalari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni taʼminlaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring