Oʻzbekiston U-23 terma jamoasining chorak finaldagi raqibi maʼlum boʻldi
Bugun, 14-yanvar kuni Saudiya Arabistonida tashkil etilayotgan U-23 Osiyo chempionati musobaqasining guruh bosqichi oʻyinlari yakunlandi. “D” guruhining dastlabki oʻyinida Avstraliya terma jamoasi Iroqni 2:1 hisobida magʻlubiyatga uchratdi. Oʻyinda kiritilgan gollarga gʻoliblar safidan Yaya Dukuli va Mateus Mak Allister mualliflik qildi. Iroqning yagona javob goli esa Amir Faysal hisobiga yozildi. Ushbu gʻalaba evaziga Avstraliya terma jamoasi guruhda 1-oʻrinni egalladi.
“D” guruhining ikkinchi oʻyinida esa Xitoy terma jamoasi Tayland bilan 0:0 hisobida durang oʻynadi. Bu natijadan soʻng, toʻplar nisbatiga koʻra, Xitoy termasi guruhda ikkinchi oʻrinni egalladi va musobaqaning chorak finalida Oʻzbekiston termasiga qarshi oʻynaydigan boʻldi.
Maʼlumot uchun, U-23 Osiyo chempionatining chorak finalidan oʻrin olgan Oʻzbekiston — Xitoy oʻyini 17-yanvar kuni Jidda shahrida boʻlib oʻtadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring