Oʻzbekiston tomoni Hindiston va Pokiston oʻrtasidagi keskinlashib borayotgan holatning rivojlanishini xavotir bilan kuzatmoqda – Tashqi ishlar vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Hindiston va Pokiston oʻrtasidagi keskinlashib borayotgan holat boʻyicha bayonot berdi.
«Oʻzbekiston tomoni Hindiston va Pokiston oʻrtasidagi keskinlashib borayotgan holatning rivojlanishini xavotir bilan kuzatmoqda.
Ikkala tomonni vazminlik koʻrsatishga, tinchlik va barqarorlik manfaatlari asosida harakat qilishga, vaziyatning yanada yomonlashishini oldini olish uchun diplomatik muloqotga ustuvor ahamiyat berishga chaqiramiz», — deyiladi TIV bayonotida.
Shuningdek, Oʻzbekiston vaziyatni deeskalatsiya qilish va tinch yoʻl bilan hal qilishga qaratilgan har qanday xalqaro yoki mintaqaviy harakatlarni qoʻllab-quvvatlashga tayyor ekanini maʼlum qilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring