Oʻzbekiston TIV Eron Prezidentining aviahalokatga uchragani haqidagi xabar yuzasidan munosabat bildirdi
Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy boʻlgan vertolyotning favqulodda qoʻndirilishi toʻgʻrisidagi xabar chuqur tashvish bilan qabul qilingani haqida yozdi.
Qayd etilishicha, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi vertolyot yoʻlovchilari, jumladan Eronning yuqori martabali vakillari taqdiri haqidagi maʼlumotlarni diqqat bilan kuzatib bormoqda.
“Barcha yoʻlovchilar tez orada sogʻ-salomat topilishiga umid qilamiz”, deyiladi vazirlik xabarida.
Shuningdek, Oʻzbekiston tomoni zarurat boʻlishi bilan Eronlik doʻstlarimizga barcha yordam koʻrsatilishiga toʻliq tayyorligini bildirgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring