Oʻzbekiston Superligasining 2026-yilgi mavsumiga qurʼa tashlandi
Foto: PFL
Kecha, 28-yanvar kuni Oʻzbekiston Superligasining 2026-yilgi mavsumiga qurʼa tashlandi. Bu haqida Oʻzbekiston Professional futbol ligasi oʻzining rasmiy sahifasida maʼlumot berdi.
Bu gal qurʼa tashlash jarayonida Jahon chempionati, terma jamoaning may oyidagi navbatdan tashqari yigʻini va Osiyo kubogi oldi tayyorgarliklarga imkon berish uchun “Berger” tizimidan voz kechildi va qurʼa jarayoni sunʼiy intellekt orqali aniqlandi.

Unga koʻra, “GotSport” kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan ikkinchi taqvim qurʼa jarayonidan soʻng, bu mavsum uchun tanlab olindi.
Ikkinchi taqvimga koʻra, dastlabki turda quyidagi oʻyinlar tashkil etiladi:
“Nasaf” — “Xorazm” ;
“Buxoro” — “Qoʻqon-1912” ;
“Lokomotiv” — “Surxon” ;
“Andijon” — “Soʻgʻdiyona” ;
“Dinamo” — “Navbahor” ;
“Neftchi” — “Mashʼal” ;
OKMK — “Bunyodkor” ;
“Paxtakor” — “Qizilqum”.
Maʼlumot uchun, musobaqa 27-fevral sanasidan start olishi aytilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
- MIB direktoriga yangi oʻrinbosar tayinlandi
- Toshkent – Samarqand pullik yoʻli qurilishi 2 milliard dollardan ziyodga baholanmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring