O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Senatining birinchi yalpi majlisida ishtirok etdi — Fotoreportaj
Foto: Xasan Paydoyev / «Xalq so‘zi»
Toshkent shahrida 19 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining birinchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi.

Tadbirni Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizomxo‘jayev ochdi.
Davlatimiz madhiyasi yangradi.

Yalpi majlis ishini tashkil etish uchun kotibiyat va elektron ovoz berish nazorati bo‘yicha guruh tuzildi, kun tartibi tasdiqlandi. Markaziy saylov komissiyasi raisi Oliy Majlis Senatiga saylov natijalari to‘g‘risida axborot berdi.

Bu jarayon yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda takomillashtirilgan milliy saylov qonunchiligiga binoan oshkora va adolatli o‘tgani ta’kidlandi. Asosiy qonunimizga muvofiq, Senat a’zolari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishli qo‘shma majlislarida mazkur deputatlar orasidan yashirin ovoz berish yo‘li bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan teng miqdorda – 4 kishidan saylandi. Yana 9 nafar senator O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan tayinlandi.

Yalpi majlisda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zladi.
Davlatimiz rahbari yangi tarkibdagi Senat a’zolarini yuksak ishonchga sazovor bo‘lganlari bilan samimiy tabrikladi












































Foto: Xasan Paydoyev / «Xalq so‘zi»
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring