Shavkat Mirziyoyev 8-mart munosabati bilan bir guruh xotin-qizlarni mukofotladi

19:02 03 Mart 2026 Siyosat
502 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

Mamlakatimizda moʻtabar ayol zotiga ulkan ehtirom koʻrsatish, davlat va jamiyat hayotida tutgan oʻrni va nufuzini oshirish, shuningdek, oʻzining samarali mehnati, boy bilim va tajribasi bilan yurtimizda olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlar jarayonida faol qatnashib, Yangi Oʻzbekistonni barpo etish, xalqimiz farovonligini yuksaltirish yoʻlida alohida tashabbus va ibrat koʻrsatib kelayotgan, oilalarda maʼnaviy-axloqiy muhitni mustahkamlash, yoshlarimizni ona Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga katta hissa qoʻshayotgan xotin-qizlarni munosib taqdirlash maqsadida quyidagilar mukofotlansin:

 

“Oʻzbekiston Respublikasi xalq shoiri” faxriy unvoni bilan

Bobomurodova Xosiyat - Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoira

 

“Mehnat shuhrati” ordeni bilan

Kariyeva Bernara Raximovna - Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasining xoreografiya kafedrasi professori

Toshova Moyra Nabiyevna - Buxoro shahridagi “Shayxul Olam” mahalla fuqarolar yigʻini raisi, Buxoro viloyati

Toshpulatova Klara Bekpulatovna - Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasining texnik boʻlimi standartlash boʻyicha yetakchi muhandis-texnologi, Qashqadaryo viloyati

Xalikova Mukaddas Shamaksudovna - Oʻzbek Milliy akademik drama teatri aktyori

 

“Doʻstlik” ordeni bilan

Abdrasuliyeva Juzimgul Matekovna - Chimboy tumanidagi “Gujimli” mahalla fuqarolar yigʻini raisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Aliyeva Zafara Jumabayevna - Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining amaliy sanʼat ashyolari boʻyicha eksperti

Axmedjanova Nasiba Muratovna - “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyatining “Oʻztemiryoʻlmashtaʼmir” aksiyadorlik jamiyati elektr mashina sexi izolyatsiya ustasi

Axmedova Zarifa Nishonovna - Sharof Rashidov tumanidagi “Zomin asali” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari, Jizzax viloyati

Bakiyeva Narziniso Mirzoyevna - Bekobod tumanidagi “Boqiyeva Nazira” fermer xoʻjaligi boshligʻi, Toshkent viloyati

Berdiyeva Barno Saitnazarovna - Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fan, taʼlim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qoʻmitasi aʼzosi

Bobanazarova Jamila Xolmurodovna - Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasida doimiy asosda ishlovchi senator

Bryuxoveskaya Nadejda Vasilyevna - “Uzbekistan Airways” aksiyadorlik jamiyatining texnologik boʻlimi boshligʻi

Daminova Muxabbat Jabborovna - Sariosiyo tumanidagi “Orzu Daminzoda” fermer xoʻjaligi boshligʻi, Surxondaryo viloyati

Ziganshina Dinara Ravilyevna - Markaziy Osiyo davlatlararo suv xoʻjaligini muvofiqlashtirish komissiyasining ilmiy-axborot markazi direktori

Ibragimova Oliya Xojamberdiyevna - “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining 1-Gidrometallurgiya zavodi kran mashinisti, Navoiy viloyati

Karimova Feruza Baxtiyorovna - H.Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika institutining petrologiya laboratoriyasi boshligʻi

Matviyenko Irina Aleksandrovna - “Nemolchi.uz” ijtimoiy loyihasi rahbari

Muxiddinova Umida Tulkunovna - Ijtimoiy himoya milliy agentligining nogironligi boʻlgan shaxslar uchun tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi

Roʻzmetova Nasiba Sharipovna - Xiva tumanidagi “Qoʻshchi kattabogʻ” va “Istiqlol” mahalla fuqarolar yigʻinlari xotin-qizlar faoli, Xorazm viloyati

Ubaydullayeva Nigoraxon Qurvonaliyevna - Quvasoy shahar hokimining oʻrinbosari – oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi, Fargʻona viloyati

Urunbayeva Gulchexraxon Shokirovna - Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar institutining organik dehqonchilik va oʻrmon melioratsiyasi kafedrasi professori, Andijon viloyati

Xamrayeva Muatar Kabildjanovna - Chilonzor tumanidagi “Gavhar” mahalla fuqarolar yigʻinining “Oqila ayollar” harakati rahbari, Toshkent shahri

 

II darajali “Sogʻlom avlod uchun” ordeni bilan

Adilova Feruza Saibjanovna - “Tong yulduzi” gazetasi bosh muharriri

Ashirova Gulchexra Olimovna - Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazining Xorazm viloyati hududiy boʻlimi direktori

Imamova Dilbar Babaqulovna - Samarqand shahar nuroniylar jamoatchilik kengashi faoli, Samarqand viloyati

Karimova Barno Patxullayevna - Toshkent shahridagi “Iffatli kelin” oʻquv markazi taʼsischisi

Raxmanova Eʼtiborxon Abduraufovna - Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining madaniy-maʼrifiy va sport ishlari boʻlimi bosh mutaxassisi

Turayeva Salixa Dusanovna - Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi tasarrufidagi Guliston tumani axborot-kutubxona markazi direktori, Sirdaryo viloyati

Usmonova Xurinisa Sharapovna - Namangan davlat universitetining oʻzbek tilshunosligi kafedrasi professori, Namangan viloyati

 

II darajali “Salomatlik” ordeni bilan

Abdullayeva Nilufar Ismatovna - Shofirkon tumani koʻp tarmoqli markaziy poliklinikasining bosh patronaj hamshirasi, Buxoro viloyati

Qambarova Nigora Fattaxovna - Shahrixon tumanidagi “Shahrixon” oilaviy shifokorlik punkti oilaviy shifokori, Andijon viloyati

Mansurskaya Elvira Sabriyevna - Guliston shahar koʻp tarmoqli markaziy poliklinikasi pediatri, Sirdaryo viloyati

Muxamedova Barno Farxadovna - Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi direktorining davolash ishlari boʻyicha oʻrinbosari

 

“Sogʻlom turmush” medali bilan

Boboyeva Yuliya Leonidovna - Namangan viloyati suv sporti turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabining suzish boʻyicha murabbiysi

Kuanishova Jamila Seylbek kizi - Uchquduq tumanidagi “Qulquduq” oilaviy shifokorlik punkti katta hamshirasi, Navoiy viloyati

Pazilova Muxoyoxon Yakubjonovna - Fargʻona viloyati “Miss fitness” ayollar sogʻlomlashtirish markazi rahbari

Xalikova Xurshida Narzullayevna - Samarqand viloyati yakka kurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabining dzyudo boʻyicha murabbiysi

 

“Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan

Jumayeva Sadbaroy Axatovna - Denov tumani ichki ishlar boshqarmasining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmasi boshligʻi, Surxondaryo viloyati

Ismoilova Iroda Xotam qizi - Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining harbiy qism mutaxassisi

 

“Kelajak bunyodkori” medali bilan

Muksinova Mahliyoxon Azizjon qizi - “Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi” masʼuliyati cheklangan jamiyati bosh direktorining IT-xizmatlar eksportini rivojlantirish boʻyicha oʻrinbosari

Muxtorova Madina Inʼomjon qizi - Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi talabasi, Jizzax viloyati

 

“Shuhrat” medali bilan

Abduvohidova Shaxnoza Abduganiyevna - “UZINFOCOM” masʼuliyati cheklangan jamiyatining raqamlashtirish boʻyicha direktori

Azimova Zarnigor Shuxratovna - Navbahor tumanidagi “Beshrabot” mahalla fuqarolar yigʻinining kompleks ijtimoiy xizmat koʻrsatuvchi xodimi, Navoiy viloyati

Atadjanova Yulduzxan Yuldashovna - Nukus ixtisoslashtirilgan madaniyat maktabining fortepiano oʻqituvchisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Atayeva Mukaddas Matyakubovna - Urganch shahridagi yakka tartibdagi tadbirkor, gul yetishtiruvchi, Xorazm viloyati

Berdimbetova Gulsara Yesenovna - Qoraqalpogʻiston tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot institutining kimyo laboratoriyasi katta ilmiy xodimi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Boʻranova Aychurak Ravshanbekovna - Qoʻrgʻontepa tumanidagi “Flowers Anya” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari, Andijon viloyati

Butayeva Zulayxo - Boyovut tumanidagi “Boyovut agropilla” masʼuliyati cheklangan jamiyati pillachisi, Sirdaryo viloyati

Butayeva Inobat Yuldosh qizi - Chiroqchi tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi bosh mutaxassisi, Qashqadaryo viloyati

Vohidova Noyira Rahimovna - Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti laboratoriya mudiri

Joʻrayeva Nilufar Davronovna - Boysun tumanidagi “Dreamʻs Shahrinaz” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari, hunarmand-kashtachi, Surxondaryo viloyati

Zaxidova Nazira Saloxiddinovna - Samarqand davlat muzey-qoʻriqxonasi gid-tarjimoni, Samarqand viloyati

Ikramova Tamila Alisherovna - Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Oʻzbekiston 24” ijodiy birlashmasi “Axborot” bosh muharririyati katta muharriri

Kambaridinova Noila Mexrojovna - Toyloq tumani hokimining oʻrinbosari – oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi, Samarqand viloyati

Kudaybergenova Asiya Mirzali qizi - Zangiota tumani “Farobiy” mahalla fuqarolar yigʻinidagi hokim yordamchisi, Toshkent viloyati

Kudratova Malika Mamatmuratovna - Oʻzbekiston mahallalari uyushmasining Doʻstlik tumani boʻlimi boshligʻi, Jizzax viloyati

Mamadaliyeva Naibaxon Saydaminovna - Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar, davlat tili va ilmiy-tadqiqot masalalari boʻyicha maslahatchisi

Mamatkulova Gulbaxorxon Axmedovna - Fargʻona imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikumining ishlab chiqarish taʼlimi ustasi, Fargʻona viloyati

Masimova Kunel Ilyasovna - Zarafshon shahridagi 15-maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachisi, Navoiy viloyati

Muminova Zeboxon Rixsibayevna - Yunusobod tumanidagi “Nova school” nodavlat taʼlim muassasasi rahbari, Toshkent shahri

Normatova Lobarxon Xolmatovna - Rishton tumanidagi “Furqat” fermer xoʻjaligi boshligʻi, Fargʻona viloyati

Sozikina Yelena Gennadevna - Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining mutaxassisi

Tashbayeva Gulchexra Karabekovna - Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining mutaxassisi

Xalbayeva Gulandan Baltabayevna - Qoʻshkoʻpir tumani koʻzi ojizlar kutubxonasi mudiri, Xorazm viloyati

Xunarova Malaxat Xaydarovna - Angren shahridagi “Oydin central service” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari, Toshkent viloyati

Xuramova Salima Joʻrayevna - Gʻuzor tumanidagi “Gʻuzor qorakoʻlchilik” masʼuliyati cheklangan jamiyati bosh choʻponi, Qashqadaryo viloyati

Sharipova Laylo Frunzeyevna - Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoira

Shermatova Gulsara Tursunbayevna - Toshkent shahar Markaziy maydonlarni obodonlashtirish boshqarmasining koʻkalamzorlashtiruvchi-gul ekuvchisi

Ergasheva Shaxnoza Agzamovna - Qibray tumanidagi “Poʻlat qadam” mahalla fuqarolar yigʻini xotin-qizlar faoli, Toshkent viloyati

Esanova Salomat Almardanovna - Qumqoʻrgʻon tumanidagi “Sayhon” oilaviy shifokorlik punkti doyasi, Surxondaryo viloyati

Yunusova Eʼtiborxon Abduxalilovna - Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining Uychi tumani boʻlinmasi rahbari, Namangan viloyati

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti

Sh.Mirziyoyev

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер