Oʻzbekiston Prezidenti Pokiston tashqi ishlar vazirini qabul qildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25-avgust kuni Pokiston Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri Mahmud Qurayshiyni qabul qildi.
Davlatimiz rahbari Oʻzbekiston va Pokiston oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlik munosabatlari jadal surʼatlar bilan rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi. Joriy yilning iyul oyida Toshkent shahrida oʻtgan oliy darajadagi muzokaralar strategik sheriklik prinsiplariga asoslangan ikki tomonlama hamkorlikning yangi bosqchini boshlab berdi.
Tashqi ishlar vaziri Mahmud Qurayshiy Pokiston Bosh vaziri Imron Xonning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi hamda Oʻzbekiston yetakchisiga mintaqada barqarorlik va ravnaqni taʼminlash borasidagi faol saʼy-harakatlari uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.
Uchrashuvda oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari koʻrib chiqildi.
Afgʻonistondagi vaziyat rivojiga alohida eʼtibor qaratildi. Mintaqaviy xavfsizlikni taʼminlash jihatlari yuzasidan yaqin idoralararo aloqalar va almashinuvlarni davom ettirish muhim ekani taʼkidlandi.
Shuningdek, “Termiz – Mozori Sharif – Kobul - Peshovar” temir yoʻlini qurish loyihasini birgalikda yanada ilgari surishga intilish qatʼiy ekanligi tasdiqlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring