Oʻzbekiston Prezidenti Koreya Respublikasi Parlamenti Spikerini qabul qildi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17-dekabr kuni Koreya Respublikasi va Markaziy Osiyo davlatlari parlamentlari rahbarlarining uchinchi uchrashuvida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi Spikeri U Von Shik boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Uchrashuv avvalida oliy martabali mehmon davlatimiz rahbariga Koreya Respublikasi Prezidenti Li Chje Myonning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
Oʻzbekiston va Koreya Respublikasi oʻrtasidagi alohida strategik sheriklikni, jumladan, parlamentlar hamkorligi orqali yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Siyosiy va parlamentlararo aloqalar jadal tus olgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Tovar ayirboshlash hajmi hamda Koreyadan, birinchi navbatda, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va yuqori texnologiyali sanoat tarmoqlarini rivojlantirishga yoʻnaltirilayotgan investitsiyalarning soni ortib bormoqda.
Gumanitar va taʼlim almashinuvlari kengaymoqda. Oʻzbekistonda Koreya yetakchi universitetlarining toʻrtta filiali, shuningdek, mamlakatimiz hududlaridagi professional taʼlim markazlari muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.
Infratuzilmani rivojlantirish, transport va logistika, nodir metallar va oʻta muhim xomashyoni qayta ishlash, shuningdek, qonun ijodkorligi faoliyatini raqamlashtirish va boshqaruvda ilgʻor yechimlarni joriy etish boʻyicha kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish qoʻllab-quvvatlandi.
Parlamentlararo hamkorlik dasturini ishlab chiqish hamda parlamentlardagi “doʻstlik guruhlari” ishini faollashtirish muhimligi taʼkidlandi.
Boʻlajak oliy darajadagi, jumladan, “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” sammiti doirasidagi tadbirlarning kun tartibini puxta tayyorlash zarurligi qayd etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring