Oʻzbekiston ochiq chempionatidagi xatolik tufayli 3 nafar suzuvchi olimpiya yoʻllanmasidan mahrum boʻldi
Xalqaro suzish federatsiyasi (FINA) shafeligida oʻtkazilgan suzish boʻyicha litsenzion Oʻzbekiston ochiq chempionatida yuz bergan vaziyat katta muhokamalarga sabab boʻlmoqda. bu boʻyicha Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi munosabat bildirdi.
Oʻzbekiston suzish federatsiyasining xabar berishicha, musobaqa yakunlanganidan keyin 2021-yilning 21-aprel sanasida unda ishtirok etgan hindistonlik sportchi Likit Selvarash Prema turnir davomida nohaqlikka yoʻl qoʻyilgani, mahalliy sportchilarning vaqtlari notoʻgʻri koʻrsatilgani haqidagi videomurojaatini “YouTube” ijtimoiy tarmogʻiga joylaydi.
Qayd etish joiz, litsenzion Oʻzbekiston ochiq chempionatlariga Milliy Olimpiya qoʻmitasi rahbariyati doimiy tashrif buyurib turgan, oʻz navbatida, MOQ Tezkor shtab vakili Mirsardor Alimov ham musobaqani muntazam kuzatib borgan.
Musobaqadan soʻng shu yerning oʻzida kichik yigʻilish tashkil etib, tayyorgarlik jarayonini yana-da kuchaytirish, mashgʻulotlar sifatini oshirish boʻyicha mutasaddilarga tegishli koʻrsatmalar berilgan.
Turnirlar yakunlangach, Oʻzbekiston suzish federatsiyasi musobaqalar protokolini MOQga taqdim qilgan va unda 5 nafar atletimizning Tokio-2020 normativini bajargani koʻrsatib oʻtilgan. Taqdim etilgan protokollarda belgilangan qoidalarning buzilishi, shu jumladan, keyinchalik hindistonlik suzuvchi tomonidan qayd etilgan voqea haqida maʼlum qilinmagan.
Shuningdek, biror xorijiy delegatsiya tomonidan, jumladan, Hindiston jamoasi tomonidan mazkur litsenzion turnirlar boʻyicha shikoyat yoki eʼtiroz kelib tushmagan.
Shu bilan birga, Oʻzbekiston suzish federatsiyasining maʼlumotiga koʻra, FINA ushbu turnirlarda qayd etilgan natijalarni tan olmadi. Oʻzbekiston suzish federatsiyasi bosh kotibi Alisher Gʻaniyevning soʻzlariga koʻra, FINA bu boʻyicha Toshkentga rasmiy xat joʻnatmagan. Biroq Oʻzbekiston suzish federatsiyasi bir necha bor FINAga taqdim etilgan maʼlumotlarga aniqlik kiritish uchun xabar yoʻllagan va hatto bu masala boʻyicha Sport arbitraj sudiga (CAS) murojaat qilgan.
Yakunda esa xalqaro tashkilot yoʻllagan “Universal Place” asosida faqatgina 2 nafar hamyurtimiz Xurshidjon Tursunov va Natalya Kritinina Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlariga yoʻllanma olishdi.
Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi, shuningdek, Oʻzbekiston sport faxriylari kengashi rasmiy ravishda ushbu holat hech qanday sport tamoyillariga mos kelmasligini va Olimpizm qadriyatlariga mutlaqo zid ekanligini maʼlum qiladi. Oʻz oʻrnida, boshqa federatsiyalar va sport tashkilotlaridan ham belgilangan qoidalarga qatʼiy rioya qilishni soʻraydi.
Shundan kelib chiqqan holda Oʻzbekiston suzish federatsiyasi Prezidiumidan quyidagilarni talab qiladi:
- Yuqoridagi vaziyatni koʻrib chiqish, oʻrganish hamda unga huquqiy baho berish uchun Turizm va sport vazirligi, Milliy Olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston sport faxriylari kengashi va Oʻzbekiston suzish federatsiyasi mutaxassislaridan iborat ishchi guruh tuzish;
- Xalqaro suzish federatsiyasidan (FINA) litsenzion musobaqada qayd etilgan natijalarning nima sababdan bekor qilingani haqidagi materiallarni taqdim qilishini soʻrash;
- Federatsiya bosh kotibi Alisher Gʻaniyevni vaqtincha oʻz lavozimidan chetlatilishini.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring