Oʻzbekiston muzeylaridagi eksponatlar soni qancha?

14:19 26 Avgust 2025 Jamiyat
204 0

f2025-yilning 1-yanvar holatiga Oʻzbekistondagi muzeylar asosiy fond eksponatlari soni 2,7 milliontani tashkil etgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.

Unda aytilishicha, Oʻzbekistondagi muzeylarda saqlanayotgan eksponatlar soni boʻyicha Toshkent shahri yetakchilik qilmoqda. Poytaxtdagi muzeylarda 1 million 255 ming 915 dona eksponat roʻyxatga olingan.

Undan keyingi oʻrinda 239 ming 650 ta eksponat bilan Samarqand viloyati ikkinchi, 197 ming 506 ta eksponat bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi uchinchi pogʻonada qayd etilgan.

Muzeylardagi asosiy fond eksponatlari soni hududlar kesimida quyidagicha taqsimlangan:

  • Surxondaryo viloyati – 178 080 ta;
  • Fargʻona viloyati – 161 403 ta;
  • Boshqa hududlar – 703 441 ta.

Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, ushbu koʻrsatkich oʻtgan yilga nisbatan 129,2 mingtaga yoki 5 foizga oshgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?