Oʻzbekiston milliy terma jamoasi chempion
Foto: OʻFA
Kecha, 30-mart kuni futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi FIFA Series musobaqasidagi ikkinchi oʻyinini oʻtkazdi. Ushbu oʻyinda Fabio Kannavaro boshqaruvidagi jamoaga Venesuela termasi raqiblik qildi. Taʼkidlash joizki, ushbu jamoa dastlabki turda Trinidad va Tobago termasi ustidan 4:1 hisobida gʻalaba qozongan edi.
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchrashuvni quyidagi tarkibda boshladi:
Darvozabon:
Abduvohid Neʼmatov (“Nasaf”).
Himoyachilar:
Rustam Ashurmatov (“Istiqlol”, Eron);
Abduqodir Husanov (“Manchester Siti”, Angliya);
Jahongir Oʻrozov (“Dinamo”);
Behruz Karimov (“Surxon”);
Sherzod Nasrullayev (“Paxtakor”).
Yarim himoyachilar:
Odil Hamrobekov (“Traktor”, Eron);
Aziz Gʻaniyev (“Al-Batayeh”, BAA);
Otabek Shukurov (“Baniyas”, BAA).
Hujumchilar:
Oston Oʻrunov (“Persepolis”, Eron);
Eldor Shomurodov (“Bashakshehir”, Turkiya).
Bosh murabbiy Fabio Kannavaro Gabonga qarshi oʻyin bilan solishtirganda 3 ta oʻzgarishni amalga oshirdi. Oʻtgan oʻyinni asosiy tarkibda boshlagan Oʻtkir Yusupov, Hojiakbar Alijonov va Umarbek Eshmurodov bu safar zaxirada qoldirildi. Ularning oʻrni esa Abduvohid Neʼmatov, Behruz Karimov va diskvalifikatsiyadan qaytgan Abduqodir Husanov bilan toʻldirildi.
Raqib safida esa Xose Kontreras, Karlos Vivas, Jon Aramburu Kristian Kasseres kabi yetakchi futbolchilar oʻyinni asosiy tarkibda boshladilar. Jamoaning eng nomdor futbolchisi Salomon Rondon esa zaxirada qoldirildi.
Oʻyinga toʻxtalsak, birinchi boʻlim tengkurashlar ostida oʻtdi. Oʻzbekiston milliy terma jamoasi asosan uzun paslarga tayanib oʻynagan boʻlsa, Venesuela termasi 14 hududdan asosiy zarbalarini yoʻlladi. Lekin birinchi boʻlimda hisob ochilmadi.
Ikkinchi boʻlimda endi Oʻzbekiston termasi kombinatsion futbol koʻrsatdi. Raqib esa ancha ortga chekinib himoyalanishni boshladi. Lekin baribir oʻyinda hisob ochilmadi. Shundan soʻng, jamoalar musobaqa gʻolibini aniqlash maqsadida penaltilar seriyasiga murojaat qilishdi. Futbol lotereyasida omad Oʻzbekiston termasiga kulib boqdi .
Shu tariqa Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda oʻtgan FIFA Series musobaqasining gʻolibiga aylandi. Taʼkidlash joizki, bu Oʻzbekiston milliy terma jamoasining oxirgi 2-yilda yutgan uchinchi sovrini hisoblanadi. “Oq boʻrilar“ bungacha 2025-yilda “CAFA National Cup” va “Al-Ain Cup” turnirlarida ham gʻolib boʻlgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring