Oʻzbekiston klublarining xalqaro maydondagi imkoniyatlari qanday?

Kecha, 15-avgust kuni Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida Osiyo Futbol Konfederatsiyasi tomonidan anʼanaviy tarzda oʻtkazib kelinadigan klublar miqyosidagi eng nufuzli musobaqalar – AFC Elit chempionlar ligasi va Osiyo chempionlar ligasi-2 turnirlari uchun qurʼa tashlandi.
Qurʼa natijalari haqida saytimiz orqali batafsil maʼlumot berdik. Endi, jamoalarning imkoniyatlarini tahlil qilsak.
“Andijon”
Oʻtgan yili Oʻzbekiston kubogi musobaqasining chempioni boʻlish orqali oʻz tarixida birinchi marta xalqaro musobaqada qatnashish imkoniyatini qoʻlga kiritgan “Andijon” klubi, qurʼa natijasiga koʻra Qatar Yulduzlar ligasida 4-oʻrinni egallagan “Al-Ahli”, Turkmaniston chempioni “Arkadag” va Bahrayn Qirol kubogi sohibi “Al-Xaldiya” klublari bilan bir guruhdan oʻrin oldi.
Birinchi savatchadan “Andijon”ga eng zaif jamoa tushdi desak boʻladi. Sababi Qatarning “Al-Ahli” jamoasi savatchadagi boshqa jamoalar – “Sepaxon”, “Al-Vasl” va “Al-Nassr”dan nom jihatdan ham, xalqaro tajriba jihatdan ham ancha kuchsiz.
Jamoa tarkibidagi mahalliy futbolchilar Qatar milliy terma jamoasining 5 foizini ham tashkil etmaydi. Jamoaning asosiy kuchi legionerlarida. Taʼkidlash kerakki, ayni payt ushbu jamoada 2014-yil Germaniya bilan Jahon chempionligiga erishgan Yulian Draksler ham toʻp surmoqda.
Turkmaniston Respublikasining “Arkadag” jamoasi qiyin raqiblar sirasiga kiradi. Ushbu jamoada hozircha birorta legioner futbolchi yoʻq. Ammo, milliy terma jamoaning oʻzagini “Arkadag” futbolchilari tashkil etishadi.
Ushbu klub oʻtgan yili Osiyoda klublar miqyosida oʻtadigan uchinchi darajali musobaqa – AFC Chaqiruv kubogida gʻolib boʻldi va bu orqali oʻz salohiyatini butun Osiyoga yana bir bor koʻrsatdi.
Shuningdek, ushbu jamoaga qarshi bahs Turkmanistonda oʻtishini inobatga olsak, “Andijon” klubini maydon muammosi ham jiddiy qiynardi. Boisi Ashxobodda tabiiy chimga ega boʻlgan jahon talablaridagi stadion yoʻq. “Arkadag”ga qarshi oʻtadigan safar bahsi sunʼiy qoplamali stadionda boʻlib oʻtadi. Ushbu arendada paytida hatto “Paxtakor” klubi ham gʻalaba qozona olmagan edi.
Bahrayn Qirol kubogi sohibi “Al-Xaldiya” klubi esa bizga ancha notanish. Ushbu klub 15-yildan kam boʻlmagan muddatda oʻzbek klublariga qarshi oʻynagani yoʻq.
Jamoada yaxshi saviyadagi legionerlar bilan bir qatorda, Bahrayn terma jamoasining asosiy futbolchilari ham toʻp surishmoqda.
Xulosa qilsak, guruhda juda kuchli jamoalar yigʻilgani yoʻq. Har bir oʻyin natijasini oldindan taxmin qilish qiyin. Maksim Shaskix jamoasi bilan guruhdan chiqish uchun bemalol kurashib koʻrsa boʻladi. Jamoani bunga salohiyati yetadi.
“Nasaf”
Oʻtgan mavsum Oʻzbekiston Superligasidagi chempionlikni qoʻlga kiritgan “Nasaf” bu mavsum Elit chempionlar ligasida oʻynaydi. “Nasaf” uchun qurʼani omadli oʻtdi deb ham, omadsiz oʻtdi deb ham baholash qiyin.
Reglamentga koʻra, Roʻziqul Berdiyev shogirdlari yoki Saudiya Arabistoni klublariga, yoki Qatar klublariga raqib boʻlishligi kerak edi. Taqdir esa ularni Jahon futboli yulduzlari toʻp surayotgan Saudiya klublari bilan roʻbaroʻ qildi. Bu esa jamoani 3 ta juda ogʻir oʻyin kutayotganini bildiradi.
Musobaqada jamoa ochko ishlab olish ehtimoli yuqori boʻlgan Iroqning “Al-Zavra”, Eronning “Traktor” va Birlashgan Arab Amirliklarining “Al-Vahda” jamoalarini oʻz maydonida qabul qiladi. Ayni shu oʻyinlarda qoʻlga kiritilajak gʻalabalar jamoani keyingi bosqichga olib chiqishi mumkin.
Shuningdek, “Nasaf” Birlashgan Arab Amirliklarining “Sharja” va “Shabab Al-Ahli” jamoalari mehmoni boʻladi. Odatda oʻzbek klublari uchun BAA jamoalari qulay raqib hisoblanishadi. Shundan kelib chiqqan holda ushbu oʻyinlardan ham natija kutsa boʻladi.
Maʼlumot uchun, Qarshi klubi ishtirok etadigan Elit chempionlar ligasi musobaqasining formati sal murakkabroq. Reglamentga koʻra, musobaqada 24 ta jamoa gʻarb va sharqqa boʻlingan holda turnirni boshlaydi. Har bir jamoa oʻzining 8 ta xos raqibi bilan oʻynaydi.
Yaʼni, guruhdagi barcha jamoa oʻzaro oʻynab chiqishi shart emas. Hamma qurʼa unga roʻbaroʻ qilgan 8 ta raqibi bilan oʻynaydi, xolos. Aynan ushbu oʻyinlardan soʻng natijalar hisoblanadi va har ikki guruhdan 8 tadan jamoa nimchorak finalga yoʻl oladi.
Eslatib oʻtamiz, musobaqalar sentyabr oyining ikkinchi yarmidan start oladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring