Oʻzbekiston — Xitoy agrar taʼlim forumi boʻlib oʻtdi
Foto: Xasan Paydoyev / «Xalq so‘zi»
Xitoy Xalq Respublikasining poytaxti Pekin shahrida joylashgan Oʻzbekiston elchixonasida “Oʻzbekiston — Xitoy agrar taʼlim forumi” boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov, Shimoliy-Gʻarbiy Qishloq va oʻrmon xoʻjaligi universiteti prorektori professor Vu Pute hamda Sinszyan universiteti rektori Syao Fu va bir qator qishloq xoʻjaligi universiteti rahbarlari ishtirok etdi.

Hozirda, Toshkent davlat agrar universiteti Shimoliy-Gʻarbiy Qishloq va oʻrmon xoʻjaligi universiteti hamda Sinszyan universiteti bilan bir qator hamkorlik loyihalarini amalga oshirib kelmoqda.
Yaqinda Sinszyan universitetining 20 nafar oʻqituvchi va talabalaridan iborat guruh Toshkent davlat agrar universitetiga amaliyot oʻtash uchun kelgani ham Oʻzbekiston — Xitoy oʻrtasidagi koʻp yillik manfaatli hamkorlikning yana bir koʻrinishidir.

Ibrohim Abdurahmonov o‘z navbatida bugungi kunda ilm-fanni rivojlantirish orqali qishloq xo‘jaligida yangicha qarash, yangicha munosabatlarga ishonch bildirgan holda davlatimiz rahbarining Xitoy Xalq Respublikasiga amalga oshirayotgan tashrifi keng ko‘lamli islohotlarning izchilligini ta’minlashda alohida o‘rin tutishi ta’kidladi.
Shuningdek, tashkil etilayotgan mazkur uchrashuvlar ham aynan davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarga ta’lim berish va ularni innovatsion g‘oyalarini hayotga tatbiq etishni har tomonlama qo‘llab-quvvatlayotganidan dalolat berayotganini aytib o‘tdi.
Aytish kerakki, Xitoy O‘zbekiston bilan ko‘p tomonlama amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, bu ham aynan Xitoylik hamkorlarning O‘zbekistonga qiziqishining nihoyatda kuchli ekanligidan dalolat beradi.







Foto: Xasan Paydoyev / «Xalq so‘zi»
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
- Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida
- “Yengilmas: Tokioga yoʻl”
- Toshkentda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan harbiy parad oʻtkazilmoqda (fotoreportaj)
- Surxondaryoda 3 ming yillik shahar qoldiqlari topildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring