Oʻzbekiston xalq shoiri Anvar Obidjon vafot etdi
Arxiv surat
Oʻzbekiston xalq shoiri, sevimli bolalar adibi, oʻzbek adabiyotining koʻzga koʻringan namoyandalaridan biri Anvar Obidjon 2020-yilning 11-aprel kuni 73 yoshida hayotdan koʻz yumdi.
Bu haqda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati xabar berdi.
Anvar Obidjon 1947-yil 8-yanvarda Fargʻona viloyatining Oltiariq tumanidagi Poloson qishlogʻida tugʻilgan.
ToshDU (hozirgi OʻzMU)ning jurnalistika fakultetini tamomlagan. “Ona yer“, “Ey, Yorugʻ dunyo“, “Olovjon va uning doʻstlari“, “Bezgakshamol“, “Akang qaragʻay Gulmat“, “Masxaraboz bola“, “Juda qiziq voqea“, “Yerliklar“, “Meshpolvonning janglari“, “Alamazon va Gulmat hangomasi“, “Ajoyibxona“, “Oltiariq hangomalari“, “Odobli boʻlish osonmi?“, “Tanlangan sheʼrlar“, “Oʻgʻirlangan pahlavon“, “Bahromning hikoyasi“ kabi doston, qissalar, sheʼrlar, pyesalar va hajviy asarlardan iborat toʻplamlar muallifidir. Uning “Qoʻngʻiroqli yolgʻonchi“, “Topsang hay-hay“, “Qorinbotir“, “Toʻtiqul“ kabi asarlari mamlakatimiz teatrlarida sahnalashtirilgan. Adib 1997-yilda “Shuhrat“ medali, 2011-yilda “Fidokorona xizmatlari uchun“ ordeni bilan taqdirlangan.
“Xalq soʻzi“ va “Narodnoye slovo“ gazetalari tahririyati Tahririyat aʼzosi Anvar Obidjonning oila aʼzolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring