Oʻzbekiston xalq hofizi Mahmudjon Tojiboyev vafot etdi
Maqom ilmi va sanʼatini puxta egallagan ijodkor, Oʻzbekiston xalq hofizi, “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi, Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi professori, Oʻzbek milliy maqom sanʼati markazi ilmiy xodimi Mahmudjon Tojiboyev 63 yoshida olamdan oʻtdi.
Mahmudjon Tojiboyev 1957-yilda Fargʻona viloyati Quva tumanida tugʻilgan. 1984-yilda Toshkent konservatoriyasini tugatgan.
Mahmudjon Tojiboyev 1984-yildan Yunus Rajabiy nomidagi “Maqom” ansambli yakkaxoni. 2000-yildan esa Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi dotsenti sifatida faoliyat koʻrsatgan. 2000-yildan Oʻzbekiston xalq hofizi.
Ijodkor repertuaridan Shashmaqom («Saraxbori Navo», «Saraxbori Dugoh», «Moʻgʻulchai Segoh», “Navroʻzi Sabo”, «Nimchoʻponiy» va boshqalar) va Fargʻona-Toshkent maqom yoʻllari (“Dugoh”, “Chorgoh”, “Ushshoq”, “Shahnozi Gulyor”, “Bayot” va boshqalar), katta ashula (“Yovvoyi Chorgoh”, “Yolgʻiz”, “Yey dilbari jononim” kabi), mumtoz (“Topmadim”, «Asiriy» va «Ldoiy», “Chorzarb”, «Bozurgoniy») oʻrin olgan.
Mahmudjon Tojiboyev shoirnafas hofiz sifatida ijro uslubi vazminligi, lirikaga moyilligi, ovoz va cholgʻu mutanosibligi bilan ajralib turgan.
Marhum ijodkor Osiyo, Amerika, Yevropa va Shimoliy Afrika mamlakatlarida gastrollarda boʻlgan. 1987-yilda Yunus Rajabiy nomidagi Respublika maqom ijrochilari tanlovi gʻolibi boʻlgan.
Saytimiz jamoasi marhumning oila-aʼzolari va yaqinlariga taʼziya izhor qiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi “Sharq bahori” turar joy majmuasining qurilish maydoniga tashrif buyurdi
- Oʻzbekistonning Gʻazodagi vaziyatga nisbatan hozirgi aniq pozitsiyasi qandayligi aytildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring