O‘zbekiston ishtirokida Qozog‘istonda avtomobil ishlab chiqarish o‘smoqda
Qozog‘iston avtobiznes uyushmasi xabariga ko‘ra, mamlakatdagi avtomobilsozlar ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytiryapti. Import qilinayotgan transport vositalari miqdori kamaymoqda. Xususan, bozorda chetdan sotib olinayotgan avtomobillar bilan mahalliy avtoulovlar pariteti u qadar katta emas. Joriy yil yarmida Qozog‘iston avtosanoatining bu boradagi ko‘rsatkichi 47,04 foizni tashkil etib, uning mahsulotlari sotuvi ikki yarim barobar oshgan.
Hisobot davrida mamlakatda barcha turda 14660 dona transport vositasi ishlab chiqarildi. Jumladan, 13725 ta yengil avtomobil(+76,4 foiz), 486 ta yuk mashinasi(-0,2 foiz), 153 ta avtobus(-51,1 foiz), 210 ta tirkama va yarim tirkama(+60,3 foiz) va 86 dona boshqa maxsus texnika vositasi(+60,3 foiz) yetkazib berildi.
Biroq 2018 yil iyun oyida chiqarilgan avtosanoat mahsulotlari 16 mlrd. 741 mln. tenge(48,4 mln. dollar)ni tashkil etdi. Bu may oyiga nisbatan 10,4 foiz kamdir. Shunga qaramay joriy yil yarmidagi ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 36,8 foiz o‘sgan.
Bunda O‘zbekiston bilan hamkorlikda Kostanay shahrida Ravon Nexia R3 markasini yig‘ishni yo‘lga qo‘ygan “SariarkaAvtoProm” kompaniyasi eng yuqori ko‘rsatkichga erishdi. Mazkur korxonada joriy yilning dastlabki 6 oyida 5297 ta yengil, yuk mashinasi va avtobus ishlab chiqardi. O‘sish hajmi 123,2 foizni tashkil etdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring