Oʻzbekiston Huquq ustuvorligi indeksida 14 pogʻona yuqoriladi
Jahon odil sudlov loyihasi (World Justice Project) tashkiloti tomonidan eʼlon qilingan Huquq ustuvorligi indeksining 2021-yilgi nashrida Oʻzbekiston 14 pogʻona yuqoriladi.
Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimining “Xalq soʻzi”ga bergan maʼlumotiga koʻra, joriy yilgi nashrda Oʻzbekiston uchun berilgan baholar 4,1 foizga koʻtarilib, bu borada eng yaxshi natija koʻrsatgan 3 ta davlatdan biriga aylandi.
Mazkur Indeks tadqiqotlari 138 mingta uy xoʻjaligi va 4 mingdan ortiq huquqshunos va mutaxassislar oʻrtasida soʻrovlar oʻtkazgan holda amalga oshirilib, unda 139 ta mamlakatdagi (2020-yilga qaraganda mamlakatlar soni 11 taga ortgan) huquq ustuvorligi darajasi baholangan.
Maʼlumot uchun: joriy yildagi nashrda Kongo Respublikasi, Gaiti, Irlandiya, Latviya, Litva, Lyuksemburg, Malta, Paragvay, Slovakiya Respublikasi va Sudan kabi yangi mamkatlar qoʻshilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring