“Oʻzbekiston havo yoʻllari” Toshkentdan qoʻshimcha reyslar eʼlon qildi

15:52 02 Yanvar 2022 Jamiyat
1315 0

“Oʻzbekiston havo yoʻllari” Milliy aviakompaniyasi 3-4-yanvar kunlari Toshkentdan va teskari yoʻnalishda qoʻshimcha ichki qatnovlarni yoʻlga qoʻyadi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Yoʻlovchilarning respublika boʻylab harakatlanishga boʻlgan yuqori talabidan kelib chiqqan holda, shuningdek, hududlarda aholining harakatchanligini oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida “Oʻzbekiston havo yoʻllari” Milliy aviakompaniyasi Toshkentdan Nukus, Urganch, Buxoro va Termizga 2022-yil 3-yanvardan 4-yanvargacha qoʻshimcha reyslarni yoʻlga qoʻyadi. 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?