Oʻzbekiston Energetika vazirligi va “Gazprom” kompaniyasi oʻrtasida gaz sohasida hamkorlik boʻyicha “yoʻl xaritasi” imzolandi
Joriy yil 24-yanvar kuni Oʻzbekiston Energetika vazirligi va “Gazprom” kompaniyasi oʻrtasida gaz sohasida hamkorlik boʻyicha muzokaralar oʻtkazildi va unda Rossiyadan Oʻzbekistonga tabiiy gaz yetkazib berishning texnik imkoniyatlari muhokama qilindi.
Imzolangan “yoʻl xarita”ga muvofiq tomonlar oʻrtasida tuzilgan Ishchi guruh Qozogʻiston va Oʻzbekiston hududidan oʻtuvchi “Oʻrta Osiyo – Markaz” gaz quvuri orqali gaz tranzitini amalga oshirish uchun zarur boʻladigan texnik chora-tadbirlarni va oʻrganishni kelishib olindi.
Ishchi guruh texnik jihatdan barcha ishlarni yakunlagandan soʻng, tabiiy gazni yetkazib berish boʻyicha asosiy shartlarni muhokama qilinadi.
Shuni alohida taʼkidlash lozimki, olib borilgan muzokaralar hamda “yoʻl xaritasi”da Oʻzbekistonning mavjud gaz transporti tizimiga egalik huquqini toʻliq saqlagan holda ichki bozorga tabiiy gaz zarur miqdorlarda yetkazib berish maqsad qilingan. Bunda, gaz transport tizimi kimgadir berilishi yoki suverenitetimizga qandaydir tahdid umuman yoʻq.
Kelgusida ushbu yoʻnalishdagi barcha ishlar Oʻzbekistonning milliy manfaatlarini toʻliq himoya qilgan holda amalga oshirilib, natijalari yuzasidan doimiy ravishda jamoatchilikka maʼlum qilib boriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring